https://oz.sputniknews.uz/20260830/mirziyoev-modi-kelishuv-60078197.html
Savdoni 1,3 mlrd dan 5 mlrd dollargacha oshirish: Mirziyoyev va Modi nimalarga kelishdi
Savdoni 1,3 mlrd dan 5 mlrd dollargacha oshirish: Mirziyoyev va Modi nimalarga kelishdi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi savdoni 5 mlrd dollarga yetkazish, sanoat loyihalarini boshlash va tashqi ishlar vazirlari darajasida yangi mexanizm tuzishga kelishdi.
2026-08-30T13:53+0500
2026-08-30T13:53+0500
2026-08-31T10:38+0500
siyosat
tashrif
narendra modi
hindiston
hamkorlik
iqtisod
shavkat mirziyoyev
savdo
madaniyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1e/60078033_0:174:1900:1243_1920x0_80_0_0_7ad9854c9f3cd57388c88dc2ba5f5133.jpg
TOShKENT, 30-avgust — Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi muzokara o‘tkazdi.Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Yetakchilar 2030-yilga qadar ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar. Hindiston hukumati ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda o‘zaro savdo 1,3 mlrd dollarni tashkil etgan.Hindistonning yetakchi kompaniyalari bilan energetika, elektrotexnika, metallurgiya, muhim minerallar, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va zargarlik sanoatida hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.Tomonlar siyosiy muloqotni barcha darajalarda, jumladan, parlamentlardagi do‘stlik guruhlari, Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi doirasida faollashtiradi. Tashqi ishlar vazirlari darajasida yangi muvofiqlashtiruvchi mexanizm ta’sis etiladi.Muzokaralarda Andijon viloyati va Gujarat shtati, Farg‘ona viloyati va Haryana shtati, shuningdek, Samarqand viloyati va Agra o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.Tashrif doirasida madaniy almashinuv bo‘yicha besh yillik dasturni imzolash ko‘zda tutilgan. U madaniyat kunlari, konsertlar, ko‘rgazmalar, forumlar va kinofestivallarni muntazam o‘tkazishni nazarda tutadi.Muzokaralar yakunida har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha mas’ul ijrochilar, aniq mexanizmlar va muddatlar ko‘rsatilgan "yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqish topshirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260829/narendra-modi-mustaqillik-monumenti-poyiga-gul-qoydi-60070496.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1e/60078033_81:0:1769:1266_1920x0_80_0_0_3b0fffe8aab9d5977b74f07b581ea51f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, tashrif, narendra modi , hindiston, hamkorlik, iqtisod, shavkat mirziyoyev, savdo, madaniyat
siyosat, tashrif, narendra modi , hindiston, hamkorlik, iqtisod, shavkat mirziyoyev, savdo, madaniyat
Savdoni 1,3 mlrd dan 5 mlrd dollargacha oshirish: Mirziyoyev va Modi nimalarga kelishdi
13:53 30.08.2026 (yangilandi: 10:38 31.08.2026) O‘zbekiston va Hindiston 2030-yilgacha o‘zaro savdo hajmini qariyb to‘rt barobar oshirish hamda yangi sanoat loyihalarini boshlashga kelishdi.
TOShKENT, 30-avgust — Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi muzokara o‘tkazdi.Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Yetakchilar 2030-yilga qadar ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar. Hindiston hukumati ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda o‘zaro savdo 1,3 mlrd dollarni tashkil etgan.
Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muzokaralarning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi.
Hindistonning yetakchi kompaniyalari bilan energetika, elektrotexnika, metallurgiya, muhim minerallar, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va zargarlik sanoatida hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Tomonlar siyosiy muloqotni barcha darajalarda, jumladan, parlamentlardagi do‘stlik guruhlari, Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi doirasida faollashtiradi. Tashqi ishlar vazirlari darajasida yangi muvofiqlashtiruvchi mexanizm ta’sis etiladi.
Muzokaralarda Andijon viloyati va Gujarat shtati, Farg‘ona viloyati va Haryana shtati, shuningdek, Samarqand viloyati va Agra o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tashrif doirasida madaniy almashinuv bo‘yicha besh yillik dasturni imzolash ko‘zda tutilgan. U madaniyat kunlari, konsertlar, ko‘rgazmalar, forumlar va kinofestivallarni muntazam o‘tkazishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston va Hindiston BMT, ShHT, BRIKS hamda boshqa xalqaro tuzilmalarda bir-birining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.
Muzokaralar yakunida har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha mas’ul ijrochilar, aniq mexanizmlar va muddatlar ko‘rsatilgan "yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqish topshirildi.