https://oz.sputniknews.uz/20260716/uzbekistan-suniy-intellekt-tashkilot-tasischi-59074803.html
O‘zbekiston sun’iy intellekt bo‘yicha yangi tashkilot ta’sischilari qatoriga qo‘shildi
O‘zbekiston sun’iy intellekt bo‘yicha yangi tashkilot ta’sischilari qatoriga qo‘shildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Shanxayda sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha Butunjahon tashkilotini ta’sis etish bitimini imzoladi. Hujjatga Rossiya, Xitoy va yana 25 dan ortiq davlat vakillari qo‘shildi.
2026-07-16T18:54+0500
2026-07-16T18:54+0500
2026-07-16T18:54+0500
raqamli texnologiyalar
sun’iy intellekt
hamkorlik
xitoy
rossiya
xalqaro konferensiya
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/10/59074409_0:0:768:432_1920x0_80_0_0_b9fdd42e8267588c6b7a0e797c7cbac8.jpg
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha butunjahon tashkilotini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Hujjatni imzolash marosimi Shanxayda 2026-yilgi Butunjahon sun’iy intellekt konferensiyasi ochilishi arafasida bo‘lib o‘tdi. Bitimga Rossiya, Xitoy va yana 25 tadan ortiq davlat vakillari qo‘shildi.Shuningdek, Belarus, Braziliya, Indoneziya, Malayziya, Pokiston, Serbiya, Janubiy Afrika, Kuba, Venesuela va boshqa davlatlar ham bitimni imzoladi.O‘zbekistonning mazkur tashkilotni tuzish jarayonida ishtirok etishi avvaldan muhokama qilingan. 2025-yil noyabrida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Pekin O‘zbekistonning tashkilot ta’sischilari qatoriga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi.17–20 iyul kunlari Shanxayda Butunjahon sun’iy intellekt konferensiyasi va Sun’iy intellektni global boshqarish bo‘yicha yuqori darajadagi konferensiya o‘tkaziladi.Xitoy rahbari Si Szinpin konferensiyaning ochilish marosimida sun’iy intellektni rivojlantirish va global boshqarish bo‘yicha Pekinning takliflarini bayon qilishi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260514/uzbekistan-ai-foydalanish-orin-57565928.html
xitoy
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/10/59074409_97:0:673:432_1920x0_80_0_0_f1dedc85b6d65ba12f195913d411bb1c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, hamkorlik, xitoy, rossiya, xalqaro konferensiya, jamiyat, o‘zbekiston
raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, hamkorlik, xitoy, rossiya, xalqaro konferensiya, jamiyat, o‘zbekiston
O‘zbekiston sun’iy intellekt bo‘yicha yangi tashkilot ta’sischilari qatoriga qo‘shildi
Shanxayda imzolangan hujjatga Rossiya, Xitoy va yana 25 tadan ortiq davlat qo‘shildi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha butunjahon tashkilotini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Hujjatni imzolash marosimi Shanxayda 2026-yilgi Butunjahon sun’iy intellekt konferensiyasi ochilishi arafasida bo‘lib o‘tdi. Bitimga Rossiya, Xitoy va yana 25 tadan ortiq davlat vakillari qo‘shildi.
Imzolovchilar orasida Markaziy Osiyodan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari bor.
Shuningdek, Belarus, Braziliya, Indoneziya, Malayziya, Pokiston, Serbiya, Janubiy Afrika, Kuba, Venesuela va boshqa davlatlar ham bitimni imzoladi.
O‘zbekistonning mazkur tashkilotni tuzish jarayonida ishtirok etishi avvaldan muhokama qilingan. 2025-yil noyabrida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Pekin O‘zbekistonning tashkilot ta’sischilari qatoriga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi.
17–20 iyul kunlari Shanxayda Butunjahon sun’iy intellekt konferensiyasi va Sun’iy intellektni global boshqarish bo‘yicha yuqori darajadagi konferensiya o‘tkaziladi.
Tadbirlar doirasida 140 tadan ortiq forum tashkil etilib, ularda 1 400 nafardan ziyod xorijiy mehmon qatnashishi kutilmoqda. Ko‘rgazmada esa 1 100 tadan ortiq kompaniya 3 mingdan ziyod ishlanmani namoyish etadi.
Xitoy rahbari Si Szinpin konferensiyaning ochilish marosimida sun’iy intellektni rivojlantirish va global boshqarish bo‘yicha Pekinning takliflarini bayon qilishi rejalashtirilgan.