Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari ikkita aholi punktini nazoratga oldi, 804 ta Ukraina dronini urib tushirdi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishPodbitiy tank "Abrams" VSU, evakuirovanniy iz-pod Sudji
Podbitiy tank Abrams VSU, evakuirovanniy iz-pod Sudji - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2026
Obuna bo‘lish
Velikiy Prikol va Sadkini "Shimol" qo‘shinlari guruhining motoo‘qchi va tank bo‘linmalari nazoratga oldi.
TOShKENT, 30-avgust — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyatidagi Velikiy Prikol va Sadki aholi punktlari ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, aholi punktlari "Shimol" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida nazoratga olingan.
Velikiy Prikolda 15-alohida tank polki, Sadkida esa 22-motoo‘qchi polk harbiy xizmatchilari harakat qilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi har ikki aholi punktidan videolavhalarni ham e’lon qildi.
"Rossiya bo‘linmalari har kuni oldinga siljib, dushmanni davlat chegarasidan uzoqlashtirmoqda", — deyiladi vazirlik xabarida.
Bir kun avval "Shimol" guruhi Sumi viloyatidagi Xrapovshina aholi punkti ustidan ham nazorat o‘rnatgan edi.
Bundan tashqari, Rossiya havo hujumidan mudofaa vositalari bir sutkada 14 ta boshqariladigan aviatsiya bombasi, AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS ko‘p o‘q otish reaktiv tizimining beshta snaradi va samolyot tipidagi 804 ta dronni urib tushirdi.
Ucheniya YuVO v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya kuchlari DXRda ikkita aholi punktini ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0