https://oz.sputniknews.uz/20260829/havo-mudofaa-kuchlari-ukrainaning-715ta-uchuvchisiz-apparatni-urib-tushirdi-60064327.html
Rossiya kuchlari DXRda ikkita aholi punktini ozod qildi
Rossiya kuchlari DXRda ikkita aholi punktini ozod qildi
Sputnik O‘zbekiston
Havo mudofaa kuchlari Ukrainaning 715ta uchuvchisiz apparatni urib tushirdi. 29.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-08-29T16:36+0500
2026-08-29T16:36+0500
2026-08-29T17:29+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
rossiya mudofaa vazirligi
havo mudofaa tizimi
qurolli kuchlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/12/51316489_0:120:3072:1848_1920x0_80_0_0_16c1722a96cca93031aa1cdcbd8e3c81.jpg
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlari DXRdagi Rubejnoe va Novoandreyevkani ozod qildi va Sumi viloyatidagi Xrapovshchina qishlog‘i ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.Shuningdek, so‘nggi 24 soat ichida Rossiya havo hujumidan himoya kuchlari Ukrainaning o‘nlab raketalari va yuzlab uchuvchisiz apparatlarni yo‘q qildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi shanba kuni.Ukraina Rossiya hududlarida tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga zarba berish urinishlarini davom ettirmoqda. XAEA bosh direktori Rafael Grossi Zaporojye atom elektr stansiyasi bir haftadan ortiq vaqt davomida tashqi elektr ta’minotisiz qolganini va ayni damda favqulodda dizel generatorlar yordamida sovutilayotganini ma’lum qildi.Shuningdek, Rossiyaning qator shaharlarida, jumladan Orenburg, Penza, Samara, Saratov, Gelendjikda dron xavfi tufayli aeroportlar faoliyati bir necha soatga cheklandi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/12/51316489_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_3d4a68d3bbd61904f11f848f08dae7e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, ukraina, rossiya mudofaa vazirligi, havo mudofaa tizimi, qurolli kuchlar
rossiya, ukraina, rossiya mudofaa vazirligi, havo mudofaa tizimi, qurolli kuchlar
Rossiya kuchlari DXRda ikkita aholi punktini ozod qildi
16:36 29.08.2026 (yangilandi: 17:29 29.08.2026) Havo mudofaa kuchlari Ukrainaning 715ta uchuvchisiz apparatni urib tushirdi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlari DXRdagi Rubejnoe va Novoandreyevkani ozod qildi va Sumi viloyatidagi Xrapovshchina qishlog‘i ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, so‘nggi 24 soat ichida Rossiya havo hujumidan himoya kuchlari Ukrainaning o‘nlab raketalari va yuzlab uchuvchisiz apparatlarni yo‘q qildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi shanba kuni.
"Havo mudofaa kuchlari beshta boshqariladigan havo bombasi, ikkita AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS raketalari, sakkizta "Flamingo" uzoq masofali qanotli raketalari va 715 ta qo‘zg‘almas qanotli uchuvchisiz apparatlarini urib tushirdi", - deyiladi bayonotda.
Ukraina Rossiya hududlarida tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga zarba berish urinishlarini davom ettirmoqda.
Belgorod viloyatining Korocha tumanida, Podkopayevka qishlog‘i yaqinida, dron avtoturargohga urilib portlagan. Bunng oqibatida bir kishi shrapnel jarohatlari olgan. Otradnoe qishlog‘ida ham bir nafar tinch aholi jarohatlangan.
Rostov viloyatida Ukraina dronlari zarbasi oqibatida 11 kishi jarohatlangan. Bu haqida viloyat gubernaitori Yuriy Slyusar ma’lum qildi.
Zaporojye viloyatida, so‘nggi 24 soat ichida Ukraina hujumlari oqibatida bir kishi halok bo‘lgan va bir nechta odam jarohat olgan.
"Ukraina dronlari tomonidan Mixaylovka posolkasi, Melitopol shahar okrugi, Vasilevka shahri, Tokmak shahar okrugi va Energodar shahri ayniqsa ko‘p marotaba nishonga olinmoqda", - dedi viloyat gubernatori Baliskiy.
XAEA bosh direktori Rafael Grossi Zaporojye atom elektr stansiyasi bir haftadan ortiq vaqt davomida tashqi elektr ta’minotisiz qolganini va ayni damda favqulodda dizel generatorlar yordamida sovutilayotganini ma’lum qildi.
Shuningdek, Rossiyaning qator shaharlarida, jumladan Orenburg, Penza, Samara, Saratov, Gelendjikda dron xavfi tufayli aeroportlar faoliyati bir necha soatga cheklandi.