Kichik tadbirkorlik subyektlarini har qanday tekshirishga 3-yilga moratoriy e’lon qilindi

© Getty Images / Prapass PulsubJenshina-buxgaltera ili bankira, delayushey raschoti
Jenshina-buxgaltera ili bankira, delayushey raschoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2026
Obuna bo‘lish
Moratoriy davrida kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish noqonuniy hisoblanadi.
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlarini har qanday tekshirishga 3-yilga moratoriy e’lon qilindi. Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini har qanday tekshirishga 3-yil muddatga moratoriy e’lon qilinishi belgilandi (bundan jinoyat ishi doirasida, inson sog‘lig‘iga ta’sirini o‘rganish va mehnat qonunchiligiga rioya etilishi, fuqarolar murojaatlari, QQSni qoplash (qaytarish) va tadbirkorlik subyekti tugatilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tekshirishlar mustasno).
Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (biznes-ombudsman) “Samarali nazorat” tadbirini o‘tkazadi.
Bunda nazorat organlarining oxirgi 3-yillik tekshiruv materiallari joyiga chiqqan holda to‘liq o‘rganib chiqiladi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha nazorat organlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlar bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘riladi.
Tekshiruv o‘tkazish tartibi buzilgan hamda noqonuniy tekshiruvlar aniqlangan hollarda faoliyati tekshirilgan tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklash choralari ko‘riladi.
 VI otkritiy dialog Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva s predprinimatelyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2026
Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda biznesdagi o‘zgarishlarni ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0