Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda biznesdagi o‘zgarishlarni ma’lum qildi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana VI otkritiy dialog Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva s predprinimatelyami.
 VI otkritiy dialog Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva s predprinimatelyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2026
Obuna bo‘lish
Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda so‘nggi besh yilda biznesga kreditlar, investitsiyalar va bozor imkoniyatlari qanday o‘zgarganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, tumanlardagi studiyalar orqali esa yana 25 mingga yaqin biznes vakili ishtirok etmoqda.
Davlat rahbari O‘zbekistondagi 1,2 millionlik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabriklab, so‘nggi besh yilda tadbirkorlik uchun yaratilgan imkoniyatlarga to‘xtaldi.

"Bugun tadbirkorlarimiz "biznesni boshlash" bosqichidan "kapitalni ko‘paytirish" bosqichiga o‘tapti", – dedi prezident.

So‘nggi besh yilda:
– biznesga ajratilgan kreditlar portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trln so‘mga yetdi;
– tadbirkorlar 650 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi;
– biznes vakillari xorijiy banklardan mustaqil ravishda 1 mlrd dollar jalb qildi;
– korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi 3 karra oshib, 363 trln so‘mga yetdi;
– sanoati 100 mln dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga ko‘paydi;
– xizmatlar hajmi 1 trln so‘mdan oshgan tumanlar 41 tadan 152 taga yetdi.
Xorazmda esa so‘nggi yillarda 4 mlrd dollar xorijiy investitsiya kiritilib, 10 mingta yangi quvvat ishga tushirildi. Viloyat iqtisodiyotining 72 foizini, eksportining esa 81 foizini kichik biznes ta’minlamoqda.
Haftalik aviareyslar 16 tadan 102 taga, temir yo‘l qatnovlari 8 tadan 41 taga ko‘paydi. Joriy yil Xorazmga 3 mln xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda.
Prezident joriy yilda biznes uchun qabul qilingan choralarni ham sanab o‘tdi. Xususiy korxonalar "Milliy sanoat zanjiri" orqali davlat kompaniyalaridan 4 trln so‘mlik buyurtma oldi.
Strategik korxonalar e’lon qilgan 650 dan ziyod yangi mahsulot tadbirkorlar uchun qo‘shimcha 1 mlrd dollarlik bozor yaratdi.
Shuningdek, QQSga o‘tish chegarasi 1 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mga oshirildi, kafe va restoranlarga 100 mlrd so‘m QQS qaytarildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nol stavka joriy qilinishi hisobiga 400 mlrd so‘m fermerlarda qoldi.
Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o xode podgotovki k otkritomu dialogu s predprinimatelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2026
So‘rovnomada tadbirkorlar qaysi muammolardan arz qildi — prezidentga axborot berildi
Yangiliklar lentasi
0