Bayram kunlarida O‘zbekiston hududlari o‘rtasida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

© Komitet po turizmu RUz.V Uzbekistane v prazdnichnie dni uvelichat chislo jeleznodorojnix, avtobusnix i aviareysov
V Uzbekistane v prazdnichnie dni uvelichat chislo jeleznodorojnix, avtobusnix i aviareysov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentdan boshqa hududlarga poyezd, avtobus va aviareyslar ko‘paytiriladi.
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekistonda qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
Temir yo‘l transportida "Toshkent–Xiva–Toshkent", "Toshkent–Qo‘ng‘irot–Toshkent", "Toshkent–Shovot–Toshkent", "Toshkent–Termiz–Toshkent" va "Toshkent–Sariosiyo–Toshkent" yo‘nalishlarida harakatlanuvchi poyezdlar tarkibiga 4 tagacha qo‘shimcha vagon ulanadi.
Shuningdek, "Toshkent–Samarqand–Toshkent", "Toshkent–Buxoro–Toshkent" va "Toshkent–Urganch–Toshkent" yo‘nalishlarida yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarning qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Elektropoyezdlarning qo‘shimcha qatnovlari bayramdan ikki kun oldin boshlanib, bayramdan keyingi ikki kun davomida muntazam saqlanadi.
Avtomobil transportida viloyatlararo barcha yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi. Jumladan, Toshkent–Janubiy temir yo‘l vokzali hududida viloyatlararo avtobuslar uchun zaxira to‘xtash joyi ajratilib, bayramdan kamida 3 kun oldin "Toshkent–Samarqand–Buxoro–Urganch–Nukus" yo‘nalishlaridagi avtobuslar shu yerga joylashtiriladi.
Havo transporti orqali ham turistik yo‘nalishlarga sayohat qilish imkoniyatlari kengaytiriladi. Bayramdan kamida ikki kun oldin "Toshkent–Urganch", "Toshkent–Nukus", "Toshkent–Buxoro" va "Toshkent–Termiz" yo‘nalishlarida qo‘shimcha aviareyslar amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, bu choralar bayram kunlarida aholining mamlakat hududlari bo‘ylab sayohatlarini ko‘paytirish, ichki turizmni rivojlantirish hamda O‘zbekistonning tarixiy, madaniy va tabiiy turistik maskanlariga tashriflar uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Mustaqillik bayrami arafasida 31-avgust, dushanba qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. Shu tariqa, besh kunlik ish haftasidagi xodimlar ketma-ket 4 kun, olti kunliklar esa 3 kun dam oladi.
V Tashkent pri podderjke VEB.RF otpravleni 20 novix vagonov metro TMX - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2026
Metroda qatnov oralig‘i qisqartiriladi — Toshkentga yana 3 ta poyezd olib kelindi
Yangiliklar lentasi
0