O‘zbekiston va Singapur Strategik va innovatsion sheriklik bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Respubliki Singapur vo glave so Starshim ministrom Li San Lunom.
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Respubliki Singapur vo glave so Starshim ministrom Li San Lunom.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2026
Obuna bo‘lish
Unda savdo, investitsiyalar, davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, inson kapitalini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlar bo‘ladi.
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. O‘zbekiston va Singapur Strategik va innovatsion sheriklik bo‘yicha o‘rta muddatli qo‘shma dastur ishlab chiqadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Singapur katta vaziri Li San Lun bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilindi.
Dasturda savdo, investitsiyalar, texnologiyalar transferi, davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, inson kapitalini rivojlantirish, raqamlashtirish va boshqa yo‘nalishlarga ustuvorlik beriladi.
Tomonlar yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini baholash va qo‘shma rejalarni muvofiqlashtirish uchun siyosiy va iqtisodiy tuzilmalar o‘rtasida muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidladi.
O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini takomillashtirish, Toshkent xalqaro moliya markazi va raqamli bank tizimini rivojlantirishda Singapurning ilg‘or tajribasini joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.
Singapur oliy ta’lim muassasalarining mamlakatdagi faoliyati bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.
Ma’lum qilinishicha, ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi va qo‘shma korxonalar soni jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda. Singapurning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi qariyb 2 mlrd dollarni tashkil etdi.
Zarubejnie strani: Singapur - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2026
O‘zbekiston va Singapur erkin savdo bo‘yicha muzokaralarni boshlashi kutilmoqda
Yangiliklar lentasi
0