Li San Lun tashrifida Singapur bilan erkin savdo bo‘yicha bayonot kutilmoqda

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishZarubejnie strani: Singapur
Zarubejnie strani: Singapur - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2026
Obuna bo‘lish
Tomonlar erkin savdo bitimi bo‘yicha muzokaralarni boshlash niyatini rasmiylashtiruvchi qo‘shma bayonot imzolashi kutilmoqda.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Singapur erkin savdo bitimi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyorlanmoqda. Bu haqda Singapurning CNA axborot agentligi xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Singapurning sobiq bosh vaziri, amaldagi hukumat a’zosi Li San Lunning O‘zbekistonga tashrifi davomida tomonlar bitim bo‘yicha muzokaralarni boshlash niyatini rasmiylashtiruvchi qo‘shma bayonotni imzolashi kutilmoqda.
Li San Lun 27–31 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. U Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashadi, shuningdek, Oliy Majlis Senatida nutq so‘zlaydi. Tashrif dasturidan Samarqand shahri ham o‘rin olgan.
CNA ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilda Singapurning Markaziy Osiyodagi xizmatlar savdosi bo‘yicha ikkinchi yirik hamkori bo‘lgan. 2025-yilda esa tovarlar savdosi bo‘yicha mintaqada uchinchi o‘rinni egallagan.
Li San Lunga Singapur tashqi ishlar va ichki ishlar vazirliklarining davlat vaziri Zulkarnayn Abdul Rahim, parlament a’zosi Fu Sesan hamda Tashqi ishlar, Savdo va sanoat vazirliklari vakillari hamrohlik qiladi.
O‘zbekistonga kelishidan avval u 24–27 avgust kunlari Qozog‘istonda bo‘ladi. Bu Li San Lunning Markaziy Osiyoga ilk tashrifidir.
Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq so‘zladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar uchun ustuvor yo‘nalishlarni sanab o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0