Mirziyoyev: O‘zbekiston tinchlik, do‘stlik va hamkorlik yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii pominoveniya jertv repressiy v memorialnom komplekse "Shaxidlar xotirasi".
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii pominoveniya jertv repressiy v memorialnom komplekse Shaxidlar xotirasi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi dunyoda qurolli mojarolar va siyosiy qarama-qarshiliklar kuchayib, ular mamlakatga yaqin mintaqalarga ham kirib kelayotgani tashvishli ekanini aytdi.
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. O‘zbekiston tinchlik, do‘stlik va hamkorlik yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Davlat rahbari Mustaqillik bayrami arafasida "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi.
Mirziyoyev dunyoda qurolli mojarolar va siyosiy qarama-qarshiliklar kuchayib, ular O‘zbbekistonga yaqin mintaqalarga ham kirib kelayotgani tashvishli ekanini ta’kidladi. Bu mamlakatdagi tinchlikni qadrlash, yanada jips va hamjihat bo‘lib yashashni talab etadi.
“Bizning yo‘limiz – tinchlik, do‘stlik va hamkorlik yo‘li. O‘zbekiston ushbu yo‘ldan hech qachon ortga qaytmaydi”, – dedi prezident.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston barcha davlatlar bilan tenglik asosida hamkorlik qilmoqda. Bu mustamlakachilik zanjirlari va “paxta qulligi”dan butunlay ozod bo‘lganining amaliy ifodasidir.
Hayot va kelajakni bilim hamda ma’rifat asosida qurish, uzoq-yaqin mamlakatlar bilan do‘stona hamkorlik qilish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim sharti ekani ta’kidlandi.
Sledstvenniy izolyator  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2026
Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida 852 nafar shaxsni afv etdi
Yangiliklar lentasi
0