Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida 852 nafar shaxsni afv etdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSledstvenniy izolyator
Sledstvenniy izolyator  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2026
Obuna bo‘lish
Afv etilganlarning 604 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod qilindi. Ro‘yxatga ayollar, yoshlar, chet el fuqarolari va 60 yoshdan oshgan erkaklar ham kiritildi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan jazo muddatini o‘tayotgan 852 nafar shaxsni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanali xabar berdi.
Farmon qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslarga nisbatan qabul qilingan.
Hujjatga muvofiq, afv etilganlarning:
604 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod qilindi;
115 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi;
52 nafarining jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi;
81 nafarining ozodlikdan mahrum etish muddati qisqartirildi.
Afv etilganlar orasida yetti nafar chet el fuqarosi, 49 nafar ayol, 60 yoshdan oshgan 37 nafar erkak va 375 nafar yosh bor. Shuningdek, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgani uchun sudlangan 63 nafar shaxs ham afv etildi.
Ta’kidlanishicha, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yildan buyon 10 567 nafar shaxsni afv etish bo‘yicha 31 ta farmon imzolangan.
Mas’ul vazirlik va idoralarga ozodlikka chiqqan fuqarolarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashtirish, ish bilan ta’minlash hamda jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berilishi kutilmoqda.
Kolyuchaya provoloka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2026
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida 392 nafar shaxs afv etildi
Yangiliklar lentasi
0