Hindiston bosh vazirining O‘zbekistonga davlat tashrifi tafsilotlari ochiqlandi

© RIA Novosti Premyer-ministr Indii Narendra Modi vistupayet na sammite "Bolshoy dvadsatki" v Nyu-Deli
Premyer-ministr Indii Narendra Modi vistupayet na sammite Bolshoy dvadsatki v Nyu-Deli
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2026
Obuna bo‘lish
Tashrif chog‘ida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 29-30 avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bo‘lajak muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston – Hindiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Xususan:
tizimli siyosiy muloqot va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish;
savdo;
energetika;
kimyo;
geologiya;
sog‘liqni saqlash;
farmatsevtika;
qishloq xo‘jaligi;
mashinasozlik;
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida aniq dasturlar va kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga ustuvor e’tibor qaratiladi.
Xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari hamda ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashiladi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.
Prezident Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s premyer-ministrom Indii Narendroy Modi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2026
Hindiston bosh vaziri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
Yangiliklar lentasi
0