Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIdan chiqish Armaniston eksportiga qanday ta’sir qilishi aytildi

© Sputnik / Asatur YesayantsFlagi stran YeAES
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2026
Obuna bo‘lish
Faqat 2025-yilning o‘zida respublika Rossiya bilan savdo-sotiqdan qariyb 2,9 milliard dollar foyda olgan.
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Armaniston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan erkin savdo kelishuvlaridan chiqsa, eksportining 25-27 foizigachasini yo‘qotishi mumkin. P.A. Stolipin nomidagi O‘sish iqtisodiyoti instituti ijrochi direktori Anton Sviridenko shunday fikrda.
“Agar YeOII bloki bilan erkin savdo qilish imkoniyati yo‘qolsa, Armaniston eksportining 25-27 foizigachasini yo‘qotadi”, - dedi u.
Eskpertning qo‘shimcha qilishicha, Armaniston ishchi kuchining to‘siqsiz harakatlanishi kabi muhim resursdan ham mahrum bo‘ladi.
“Armaniston fuqarolari bu yerda (Rossiyada – tahr.), hoynahoy, ishlash uchun ruxsatnoma asosida ishlashi mumkin bo‘ladi, ammo hozirgi YeOIIda bo‘lgani kabi, hech qanday qo‘shimcha ruxsatnoma olmasdan ittifoqning istalgan davlatida ishlashi mumkin bo‘lganday emas”, - deya tushuntirdi Svidirenko.
Avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Armaniston yaqin vaqt ichida Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza berish jarayonini boshlashini ma’lum qilgandi.
Armaniston parlamenti 2025-yil 26-mart kuni respublikaning YeIga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqiga integratsiyalashuv avtomatik ravishda Armanistonning YeOII bilan hamkorligi to‘xtatishiga, barcha imtiyozlardan mahrum bo‘lishiga olib keladi.
29 may kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan YeOII sammitida Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston rahbarlari qo‘shma bayonot qabul qildi. Unda Armanistonda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish yoki YeOII tarkibida qolish bo‘yicha umumxalq referendumini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi pozitsiyani qo‘llab-quvvatlashlari ta’kidlangan.
Tahlilchilar hisob-kitoblariga ko‘ra, Armaniston YeOIIdan chiqsa, tovar ayirboshlash hajmining qariyb 40 foizini yo‘qotishi mumkin. Faqat 2025-yilning o‘zida respublika Rossiya bilan savdo-sotiqdan qariyb 2,9 milliard dollar daromad olgan.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Pashinyan zayavil, chto Armeniya gotovitsya k viboru mejdu YeS i YeAES. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2026
O‘zbekiston va YeOII
Pashinyan YeI va YeOII o‘rtasidagi tanlov bo‘yicha referendum shartlarini aytdi
Yangiliklar lentasi
0