Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Pashinyan YeI va YeOII o‘rtasidagi tanlov bo‘yicha referendum shartlarini aytdi

© Sputnik ArmeniyaPashinyan zayavil, chto Armeniya gotovitsya k viboru mejdu YeS i YeAES.
Pashinyan zayavil, chto Armeniya gotovitsya k viboru mejdu YeS i YeAES. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2026
Obuna bo‘lish
Armaniston YeIga rasmiy ariza tayyorlashni boshlaydi, uning javobi va "yo‘l xaritasi" olingach, YeOIIda qolish masalasi referendumga qo‘yiladi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Armaniston yaqin vaqt ichida Yevropa Ittifoqiga a’zolik uchun rasmiy ariza tayyorlashni boshlaydi. Ushbu jarayon yakunida mamlakatning YeOIIda qolishi masalasi referendumda hal qilinishi mumkin. Bu haqda bosh vazir Nikol Pashinyan parlamentda hukumat dasturini taqdim etar ekan ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Armaniston.
"Referendum o‘tkazish uchun Armaniston YeIga a’zo bo‘lish to‘g‘risida rasmiy ariza bilan murojaat qilishi kerak. Bu katta hajmdagi ishlarni talab qiladigan jarayon. Biz yaqin vaqt ichida, ayniqsa, YeOIIdagi hamkasblarimizning chaqiriqlarini inobatga olgan holda, ushbu jarayonni boshlaymiz", — dedi u.
Pashinyanning tushuntirishicha, referendum rasmiy ariza topshirilib, Yevropa Ittifoqining tegishli munosabati olinganidan va integratsiya jarayoni bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqilganidan keyingina o‘tkaziladi.
Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston rahbarlari avvalroq qo‘shma bayonotda Armanistonni YeIga a’zo bo‘lish yoki YeOII tarkibida qolish masalasini referendumga qo‘yishga chaqirgan edi.
Pashinyan ushbu chaqiriqlarni inobatga olishini bildirdi. Shunday qilib, referendumda Armanistonning Yevropa Ittifoqi tomon yo‘nalishi bilan birga YeOIIdagi kelgusi ishtiroki ham amalda hal qilinadi.
Armanistonda 2025-yilda YeIga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. Biroq Yerevan hozirgacha YeIga a’zolik uchun rasmiy ariza topshirmagan va YeOII a’zosi bo‘lib qolmoqda.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Premyer-ministr Nikol Pashinyan vo vremya press-konferensii (22 maya 2023). Yerevan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2026
O‘zbekiston va YeOII
Armaniston besh yillik hukumat dasturida YeOII bilan hamkorlikni ustuvor deb belgiladi
Yangiliklar lentasi
0