https://oz.sputniknews.uz/20260827/usa-teraktlar-sud-60008694.html
AQShdagi 11-sentabr teraktlari bo‘yicha sud qariyb 27-yildan so‘ng boshlanadi
AQShdagi 11-sentabr teraktlari bo‘yicha sud qariyb 27-yildan so‘ng boshlanadi
Sputnik O‘zbekiston
11 sentabr teraktlarini uyushtirishda ayblanayotgan Xolid Shayx Muhammad va yana uch gumondor ustidan sud 2028-yil 5-iyunda Guantanamoda boshlanadi. Ularga o‘lim jazosi tayinlanishi mumkin.
2026-08-27T18:48+0500
2026-08-27T18:48+0500
2026-08-27T18:48+0500
dunyo yangiliklari
aqsh
terakt
sud
samolyot
tergov
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1b/60008279_0:207:2200:1445_1920x0_80_0_0_884953d33c416524685050a78e5e01b1.jpg
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. AQSh harbiy sudi 2001-yil 11-sentabr teraktlarini uyushtirishda ayblanayotgan Xolid Shayx Muhammad va uning uch sherigi ustidan sud jarayonini 2028-yil 5-iyunga belgiladi. Bu haqda "Reuters" sud hujjatiga tayanib xabar berdi.Qarorni AQSh Harbiy-havo kuchlari podpolkovnigi, sudya Maykl Shrama qabul qildi. Jarayon Kubadagi Guantanamo harbiy bazasida o‘tkaziladi.Kirish nutqlari hay’at shakllantirilganidan 30 kun o‘tib boshlanadi. Shundan so‘ng ayblov va himoya tomoni dalillarini taqdim etadi.Xolid Shayx Muhammad bilan birga Valid bin Attosh, Mustafo al-Havsaviy va Ali Abdul Aziz Ali sudlanadi. Ular 2001-yil 11-sentabrda yo‘lovchi samolyotlarini olib qochish, Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi va Pentagonga hujumlarni tayyorlashda ayblanmoqda. Teraktlar oqibatida 2977 kishi halok bo‘lgan. Ayblanuvchilarga o‘lim jazosi tayinlanishi mumkin.Prokurorlar sudni 2027-yil yanvarda boshlashni taklif qilgan edi. Biroq sudya bu vaqtgacha dalillarni qabul qilish va boshqa dastlabki masalalarni hal etish imkonsizligini bildirib, taklifni rad etdi.Xolid Shayx Muhammad 2003-yilda Pokistonda qo‘lga olingan va 2006-yildan beri Guantanamoda saqlanmoqda. Ish bo‘yicha dastlabki sud muhokamalari 2012-yilda boshlangan, ammo dalillar, so‘roq usullari va protsessual masalalarga oid bahslar tufayli asosiy jarayon bir necha bor kechiktirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260609/mdh-58229036.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1b/60008279_0:0:2200:1650_1920x0_80_0_0_95df743761422037e1f82ab94c320f9a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, aqsh, terakt, sud, samolyot, tergov, dunyoda
dunyo yangiliklari, aqsh, terakt, sud, samolyot, tergov, dunyoda
AQShdagi 11-sentabr teraktlari bo‘yicha sud qariyb 27-yildan so‘ng boshlanadi
Guantanamodagi jarayon harbiy hay’atni tanlashdan boshlanadi. Ayblov tomoni to‘rt gumondor uchun o‘lim jazosini talab qilishi mumkin.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. AQSh harbiy sudi 2001-yil 11-sentabr teraktlarini uyushtirishda ayblanayotgan Xolid Shayx Muhammad va uning uch sherigi ustidan sud jarayonini 2028-yil 5-iyunga belgiladi. Bu haqda "Reuters" sud hujjatiga tayanib
xabar berdi.
Qarorni AQSh Harbiy-havo kuchlari podpolkovnigi, sudya Maykl Shrama qabul qildi. Jarayon Kubadagi Guantanamo harbiy bazasida o‘tkaziladi.
5 iyun kuni ishning mazmunan ko‘rib chiqilishi emas, harbiy xizmatchilardan iborat hay’atni tanlash boshlanadi. Ushbu harbiy hay’at ayblanuvchilarning aybdor yoki aybsizligini aniqlab, hukm chiqarishda ishtirok etadi.
Kirish nutqlari hay’at shakllantirilganidan 30 kun o‘tib boshlanadi. Shundan so‘ng ayblov va himoya tomoni dalillarini taqdim etadi.
Xolid Shayx Muhammad bilan birga Valid bin Attosh, Mustafo al-Havsaviy va Ali Abdul Aziz Ali sudlanadi. Ular 2001-yil 11-sentabrda yo‘lovchi samolyotlarini olib qochish, Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi va Pentagonga hujumlarni tayyorlashda ayblanmoqda. Teraktlar oqibatida 2977 kishi halok bo‘lgan. Ayblanuvchilarga o‘lim jazosi tayinlanishi mumkin.
Prokurorlar sudni 2027-yil yanvarda boshlashni taklif qilgan edi. Biroq sudya bu vaqtgacha dalillarni qabul qilish va boshqa dastlabki masalalarni hal etish imkonsizligini bildirib, taklifni rad etdi.
Avvalroq ayblanuvchilar bilan kelishuv tuzilib, ular aybini tan olishi evaziga o‘lim jazosi o‘rniga shartli ozodlik huquqisiz umrbod qamoq jazosi olishi ko‘zda tutilgan edi. Keyinchalik ushbu kelishuv bekor qilindi.
Xolid Shayx Muhammad 2003-yilda Pokistonda qo‘lga olingan va 2006-yildan beri Guantanamoda saqlanmoqda. Ish bo‘yicha dastlabki sud muhokamalari 2012-yilda boshlangan, ammo dalillar, so‘roq usullari va protsessual masalalarga oid bahslar tufayli asosiy jarayon bir necha bor kechiktirilgan.