MDHda 2025-yilda nechta terrorchilik va ekstremistik jinoyatlarning oldi olingani aytildi

© SputnikZakovanniy prestupnik v naruchniki
Zakovanniy prestupnik v naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2026
Obuna bo‘lish
Terroristik va ekstremistik tashkilotlarning qariyb 4 ming a’zosi va sheriklari qo‘lga olingan.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida 2025-yilda 2,5 mingtadan ortiq terrorchilik va ekstremistik jinoyatlarning oldi olindi. Bu haqda MDHning Aksilterror markazi rahbari Yevgeniy Sisoyev Moskvada ochilgan MDHga a’zo davlatlarning vakolatli organlari bosh bo‘linmalari boshliqlari va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishni ta’minlaydigan milliy tuzilmalar rahbarlarining XIX yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Qiyin sharoitlarda davlatlarimizning vakolatli organlari bir-biri bilan va Hamdo‘stlik organlarining sheriklari bilan yaqin hamkorlikda vaziyatni nazorat qilishni ta’minlash va muhim natijalarga erishishga imkon beruvchi zarur choralarni ko‘rmoqda. Shunday qilib, 2025-yilda mamlakatlarimizda 2500 tadan ortiq terroristik va ekstremistik jinoyat, jumladan, 300 tadan ortiq terakt uyushtirishga bo‘lgan urinish, terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq 100 tadan ortiq jinoyat va radikal mafkuraning tarqalishi bilan bog‘liq 2000 taga yaqin jinoyatning oldi olindi”, - dedi Sisoyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 200 tadan ortiq terroristik va ekstremistik yacheykasi, terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishning 900 taga yaqin manbasi va 300 ta kanali hamda radikal kontentni o‘z ichiga olgan 19 mingtaga yaqin axborot resursi faoliyati to‘xtatildi.
“Terroristik va ekstremistik tashkilotlarning qariyb 4 ming a’zosi va sheriklari, terroristik va ekstremistik faoliyatni moliyalashtirishda ishtirok etgan 150 nafardan ortiq shaxs, jinoiy mafkurani tarqatishda ishtirok etgan 800 nafardan ziyod shaxs hibsga olingan”, - dedi Sisoyev.
Bundan tashqari, terrorizm va ekstremizm faktlari bo‘yicha 2300 tadan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 1500 nafardan ortiq terrorchilar va ekstremistlar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
 Sergey Lebedev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2026
MDH bosh kotibi Hamdo‘stlikning ko‘p tomonlama xavfsizlik tizimini yuqori baholadi
Yangiliklar lentasi
0