Olmaota — Toshkent poyezdida ilk bor "Ayollar vagoni" paydo bo‘ladi

© AO "Passajirskie perevozki" V poyezde Almati — Tashkent vpervie poyavitsya "Jenskiy vagon"
V poyezde Almati — Tashkent vpervie poyavitsya Jenskiy vagon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2026
Obuna bo‘lish
Unga ayollar bilan birga yetti yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar ham chiqishi mumkin.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. 2026 yil 1-oktabrdan Olmaota — Toshkent yo‘nalishidagi xalqaro poyezd tarkibida "Ayollar vagoni" ishga tushiriladi. Bu haqda Qozog‘istonning "Yo‘lovchi tashish" kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maxsus vagon №1/2 Olmaota — Toshkent poyezdi tarkibida harakatlanadi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘istonda ichki yo‘nalishlarda amal qilib kelayotgan mazkur xizmat ilk bor xalqaro qatnovda joriy etilmoqda.

"Ayollar vagoni" uchun chiptalar faqat ayollarga sotiladi. Ular bilan birga yetti yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar ham safar qilishi mumkin. Vagonda yo‘lovchilarga faqat ayol yo‘l kuzatuvchilar (provodniklar) xizmat ko‘rsatadi.

Qozog‘iston milliy temir yo‘l tashuvchisi bunday vagonlarga talab yuqori ekanini ma’lum qildi. Xizmat yo‘lga qo‘yilganidan buyon mamlakat ichki yo‘nalishlarida undan 946 mingdan ortiq yo‘lovchi foydalangan. Olmaota — Toshkent qatnovi qo‘shilgach, "Ayollar vagoni" mavjud yo‘nalishlar soni 14 taga yetadi.
№1/2 poyezd har kuni qatnaydi. U Olmaotadan soat 19:05 da jo‘nab, Toshkentga keyingi kuni soat 12:53 da yetib keladi. Qaytish yo‘nalishida poyezd Toshkentdan soat 14:41 da chiqib, Olmaotaga soat 08:51 da yetib boradi.
Chiptalar temir yo‘l kassalari va onlayn tarzda sotiladi. Bilet rasmiylashtirishda vagon yonidagi "JN" — "jenskiy" belgisiga e’tibor berish kerak. Sotuv poyezd jo‘nashidan 45 kun oldin boshlanadi.
Afrosiyob xavfsizligini ta’minlayotgan Go‘zal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2026
“Afrosiyob” xavfsizligini ta’minlayotgan Go‘zal
Yangiliklar lentasi
0