https://oz.sputniknews.uz/20260308/afrosiyob-xavfsizlik-gozal-56170188.html
“Afrosiyob” xavfsizligini ta’minlayotgan Go‘zal
“Afrosiyob” xavfsizligini ta’minlayotgan Go‘zal
Sputnik O‘zbekiston
Tong soat to‘rtdan boshlanadigan ish kuni, qat’iy xavfsizlik qoidalari va yuzlab yo‘lovchilar hayoti uchun mas’uliyat — “Afrosiyob” mashinisti yordamchisi Go‘zal Mansurova temir yo‘ldagi orzusi va mehnat yo‘li haqida so‘zlab berdi.
2026-03-08T12:48+0500
2026-03-08T12:48+0500
2026-03-08T13:56+0500
toshkent
samarqand
buxoro
afrosiyob
ayollar
temir yo‘l
o‘zbekiston temir yo‘llari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/08/56169120_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_88605565162d6a9d5977ba434ee831d6.png
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Tong soat to‘rtda Toshkent hali uyquda. Ammo “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining “Afrosiyob” tezkor poyezdi mashinisti yordamchisi Go‘zal Mansurova uchun ish kuni allaqachon boshlangan.Go‘zal 31 yoshda. U temir yo‘ldagi sakkiz yillik faoliyati davomida “Navoiy” vokzalidagi introskop noziridan mamlakatning eng texnologik poyezdlaridan biri mashinist yordamchisigacha bo‘lgan tajribaga ega.Mashinistlarning smenasi qat’iy reglament asosida boshlanadi. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma, tibbiy ko‘rik — bularning barchasi ish kunining ajralmas qismidir. Shundan so‘ng Go‘zal mashinist bilan birga poyezdni qabul qilib olish uchun sexga yo‘l oladi.Go‘zal va uning hamkasblarining ish haqidagi kamtarona hikoyalari zamirida har bir reysdagi 350 dan ortiq yo‘lovchining hayoti uchun mas’uliyat yotadi. Lekin qiz o‘z ishini sevadi: u bu kasbni uzoq vaqtdan beri orzu qilgan. Go‘zalning temir yo‘lga bo‘lgan mehri va qiziqishi hozirda ham “O‘zbekiston temir yo‘llari” tizimida faoliyat yuritayotgan otasidan o‘tgan.Go‘zal temir yo‘l sohasidagi o‘z mehnat faoliyatini “O‘zbekiston temir yo‘llari” Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi tasarrufidagi Buxoro otradining “Tinchlik” jamoasida, “Navoiy” temiryo‘l vokzalida introskop noziri lavozimidan boshlagan.Go‘zal “O‘zbekiston” lokomotiv deposi huzuridagi mashinistlarni tayyorlash markazida mashinist yordamchisi bo‘lib o‘qish imkoniyati borligini bilishi bilan darhol o‘z ko‘chini sinab ko‘ribkursga qabul qilindi. To‘rt oylik jadal ta’lim, qattiqqo‘l ustozlar, nazariya va amaliyot — bularning barchasi uning kasbga bo‘lgan mehrini yanada kuchaytirdi.Mashinist yordamchilarining ish jadvali oson emas — ularda oyiga taxminan 9-10 ta reys bo‘ladi. Bu kasbda bayram kunlari yo‘q: bu yerda xizmat belgilangan jadval asosida olib boriladi. Ammo Go‘zal aynan yo‘lni kasbining asosiy afzalliklaridan biri deb biladi.Kabinada ishlash stressli. Har bir texnik tafsilot mayda detaligacha tushunarli bo‘lishi shart. Shu sababli temiryo‘lchi mutaxassislar doim o‘qib-o‘rganib, malakalarini oshirib boradi: nazariy mashg‘ulotlar, trenajorlar, uzluksiz malaka oshirish ularning hayot tarziga aylanadi.Qolaversa, ko‘pchilik bu kasbni ayollarga xos emas va juda qiyin deb biladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250823/ayol-mashinistlar-51400643.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/08/56169120_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_5ad8b27f058fdffe74982b8f94e3c0a7.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
go‘zal mansurova, afrosiyob, o‘zbekiston temir yo‘llari, mashinist yordamchisi, tezkor poyezd, temir yo‘l, ayol mashinist yordamchisi, toshkent, samarqand, buxoro, qarshi, shahrisabz, lokomotiv deposi, temiryo‘lchi, 8-mart
go‘zal mansurova, afrosiyob, o‘zbekiston temir yo‘llari, mashinist yordamchisi, tezkor poyezd, temir yo‘l, ayol mashinist yordamchisi, toshkent, samarqand, buxoro, qarshi, shahrisabz, lokomotiv deposi, temiryo‘lchi, 8-mart
“Afrosiyob” xavfsizligini ta’minlayotgan Go‘zal
12:48 08.03.2026 (yangilandi: 13:56 08.03.2026) Eksklyuziv
“Afrosiyob” mashinisti yordamchisi Go‘zal Mansurova intervyusida yuzlab insonlar hayoti uchun mas’uliyat, ishning qiyinchiliklari va bu “ayollarga xos bo‘lmagan” kasbga muhabbati haqida gapirib berdi
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Tong soat to‘rtda Toshkent hali uyquda. Ammo “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining “Afrosiyob” tezkor poyezdi mashinisti yordamchisi Go‘zal Mansurova uchun ish kuni allaqachon boshlangan.
Go‘zal 31 yoshda. U temir yo‘ldagi sakkiz yillik faoliyati davomida “Navoiy” vokzalidagi introskop noziridan mamlakatning eng texnologik poyezdlaridan biri mashinist yordamchisigacha bo‘lgan tajribaga ega.
Mashinistlarning smenasi qat’iy reglament asosida boshlanadi. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma, tibbiy ko‘rik — bularning barchasi ish kunining ajralmas qismidir. Shundan so‘ng Go‘zal mashinist bilan birga poyezdni qabul qilib olish uchun sexga yo‘l oladi.
“Biz uni texnik ko‘rikdan o‘tkazamiz, tormoz qismlari va yon tomonlarini tekshirib, texnik holatini ko‘rib chiqamiz. Poyezdning soz va qatnovga tayyor ekaniga ishonch hosil qilib, stansiyaga chiqib, uni yo‘lovchilarga yetkazamiz”, — deydi Mansurova
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida.
Go‘zal va uning hamkasblarining ish haqidagi kamtarona hikoyalari zamirida har bir reysdagi 350 dan ortiq yo‘lovchining hayoti uchun mas’uliyat yotadi. Lekin qiz o‘z ishini sevadi: u bu kasbni uzoq vaqtdan beri orzu qilgan. Go‘zalning temir yo‘lga bo‘lgan mehri va qiziqishi hozirda ham “O‘zbekiston temir yo‘llari” tizimida faoliyat yuritayotgan otasidan o‘tgan.
Go‘zal temir yo‘l sohasidagi o‘z mehnat faoliyatini “O‘zbekiston temir yo‘llari” Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi tasarrufidagi Buxoro otradining “Tinchlik” jamoasida, “Navoiy” temiryo‘l vokzalida introskop noziri lavozimidan boshlagan.
“Xizmatim davomida men “Afrosiyob”poyezdining mashinistlari bilan yo‘l davomida kamchiliksiz kelgan yoki yo‘qligini so‘rash maqsadida borib, o‘sha “Afrosiyob” mashinistlarining chiroyli formada chiqqanligini, ularning kabina qismini ko‘rganimda, menda shunday tuyg‘u paydo bo‘lganki, men ham mana shu kabina qismida ishlasam, degan bir o‘zimga orzu-maqsad qo‘yganman”, — deydi u.
Go‘zal “O‘zbekiston” lokomotiv deposi huzuridagi mashinistlarni tayyorlash markazida mashinist yordamchisi bo‘lib o‘qish imkoniyati borligini bilishi bilan darhol o‘z ko‘chini sinab ko‘ribkursga qabul qilindi. To‘rt oylik jadal ta’lim, qattiqqo‘l ustozlar, nazariya va amaliyot — bularning barchasi uning kasbga bo‘lgan mehrini yanada kuchaytirdi.
Mashinist yordamchilarining ish jadvali oson emas — ularda oyiga taxminan 9-10 ta reys bo‘ladi. Bu kasbda bayram kunlari yo‘q: bu yerda xizmat belgilangan jadval asosida olib boriladi. Ammo Go‘zal aynan yo‘lni kasbining asosiy afzalliklaridan biri deb biladi.
“Toshkent–Samarqand, Toshkent–Buxoro, Toshkent–Qarshi, Toshkent–Shahrisabz — har bir qatnov nafaqat tezlik, balki mamlakatni ko‘rish va qaytadan kashf etish imkoniyatidir”, — deydi u.
Kabinada ishlash stressli. Har bir texnik tafsilot mayda detaligacha tushunarli bo‘lishi shart. Shu sababli temiryo‘lchi mutaxassislar doim o‘qib-o‘rganib, malakalarini oshirib boradi: nazariy mashg‘ulotlar, trenajorlar, uzluksiz malaka oshirish ularning hayot tarziga aylanadi.
Qolaversa, ko‘pchilik bu kasbni ayollarga xos emas va juda qiyin deb biladi.