https://oz.sputniknews.uz/20260827/oqish-kirish-imtiyoz-60006242.html
"Vatan tayanchi" a’zolariga o‘qishga kirishda imtiyoz beriladi
"Vatan tayanchi" a’zolariga o‘qishga kirishda imtiyoz beriladi
Sputnik O‘zbekiston
"Vatan tayanchi"ning faol a’zolari va respublika musobaqalari g‘oliblariga harbiy hamda yuridik oliygohlarga kirishda to‘plagan balining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi.
2026-08-27T15:51+0500
2026-08-27T15:51+0500
2026-08-27T15:51+0500
imtiyoz
ta’lim
otm
oliy ta’lim muassasalari
universitet
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/901/29/9012946_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_0ac3af896caa9f23bdff58a473d24e8d.jpg
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. "Vatan tayanchi"ning tavsiyanoma olgan a’zolariga harbiy, harbiylashtirilgan va yuridik oliygohlarga kirishda to‘plagan balining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi. Bu Adliya vazirligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan tavsiyanoma berish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatda belgilandi.Hujjatga ko‘ra, tavsiyanoma "Vatan tayanchi" harakatida faol qatnashgan va ta’lim muassasasini a’lo baholar bilan tamomlagan otradning bir nafar a’zosiga beriladi. Shuningdek, "Jasorat maktabi"ni a’lo baholar bilan tugatgan har bir otraddan bir nafar a’zo tavsiyanoma olishi mumkin.Imtiyoz "Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasi va mahalla yoshlari o‘rtasidagi "Shijoat va g‘ayrat" musobaqasining respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan jamoalar a’zolariga ham beriladi.Tavsiyanomalar Mudofaa vazirligi huzuridagi "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tomonidan rasmiylashtiriladi.Masalan, abituriyent 150 ball to‘plasa, unga yana 7,5 ball qo‘shiladi. Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab uch yil amal qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251127/yuridik-talim-isloh-53781448.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/901/29/9012946_67:0:1132:799_1920x0_80_0_0_d71ec522aaf474c873b4fff5ca3305d7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
imtiyoz, ta’lim, otm, oliy ta’lim muassasalari, universitet, jamiyat, o‘zbekiston
imtiyoz, ta’lim, otm, oliy ta’lim muassasalari, universitet, jamiyat, o‘zbekiston
"Vatan tayanchi" a’zolariga o‘qishga kirishda imtiyoz beriladi
Tavsiyanoma "Vatan tayanchi"ning faol a’zolari va respublika harbiy-sport musobaqalarida birinchi o‘rinni olgan jamoalarga beriladi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. "Vatan tayanchi"ning tavsiyanoma olgan a’zolariga harbiy, harbiylashtirilgan va yuridik oliygohlarga kirishda to‘plagan balining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi. Bu Adliya vazirligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan tavsiyanoma berish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatda
belgilandi.
Hujjatga ko‘ra, tavsiyanoma "Vatan tayanchi" harakatida faol qatnashgan va ta’lim muassasasini a’lo baholar bilan tamomlagan otradning bir nafar a’zosiga beriladi.
Bu tartib davlat va nodavlat maktablari, Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, akademik litseylar hamda texnikumlarga taalluqli.
Shuningdek, "Jasorat maktabi"ni a’lo baholar bilan tugatgan har bir otraddan bir nafar a’zo tavsiyanoma olishi mumkin.
Imtiyoz "Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasi va mahalla yoshlari o‘rtasidagi "Shijoat va g‘ayrat" musobaqasining respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan jamoalar a’zolariga ham beriladi.
Tavsiyanomalar Mudofaa vazirligi huzuridagi "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tomonidan rasmiylashtiriladi.
Tavsiyanoma egalari oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, shuningdek, yuridik ta’lim muassasalariga kirishda test yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbatda to‘plagan balining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball oladi.
Masalan, abituriyent 150 ball to‘plasa, unga yana 7,5 ball qo‘shiladi. Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab uch yil amal qiladi.