https://oz.sputniknews.uz/20251127/yuridik-talim-isloh-53781448.html
Yuridik ta’limni isloh qiluvchi farmon qabul qilindi — tafsilotlar
Yuridik ta’limni isloh qiluvchi farmon qabul qilindi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yuridik ta’limi isloh etiladi: talabalar uchun amaliy o‘qish ulushi oshiriladi, dual va klinik ta’lim joriy etiladi, AI-baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2025-11-27T19:14+0500
2025-11-27T19:14+0500
2025-11-27T19:14+0500
yangi qonun
oliy ta’lim muassasalari
sud
talabalar
ta’lim
ilm-fan
jamiyat
yuridik texnikumlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1d/30340951_0:0:1430:804_1920x0_80_0_0_fe74b062af4ea902203fa7c74f63a319.jpg
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilishga qaratilgan prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun ta’limning 50 foizi auditoriyalarda, qolgani sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa yuridik tashkilotlarda amaliy o‘qitish shaklida tashkil etiladi.Farmonda yuridik ta’lim samaradorligini oshirish va Universitetni 2030-yilgacha QS reytingida huquq sohasi bo‘yicha 1 000 talik ro‘yxatga kiritish vazifasi belgilangan.Ta’lim – tadqiqot – amaliyot integratsiyasini ta’minlash maqsadida sohaviy fakultetlar akademik departamentlar, tadqiqot, amaliyot va karyera markazlaridan iborat tarzda qayta tashkil etiladi. Universitet kafedralari negizida akademik departamentlar va ular tarkibida sho‘’balar tuziladi.Tadqiqot markazlari huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolarni ilmiy asosda o‘rganadi. Shu bilan birga, fakultet dekanlari, departament va markaz rahbarlarini ikki o‘quv yiliga saylash amaliyoti joriy etiladi; bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ziyod shu lavozimni egallamaydi.2026/2027 o‘quv yildan sun’iy intellekt asosida dars sifatini baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Elektron platforma orqali talabalarning oraliq bilimlari, shuningdek yakuniy nazorat ishlari sun’iy intellekt tomonidan baholanadi.Universitetda “Raqamli huquq” (Digital Law) xalqaro yo‘nalishi ochiladi. Unga qabul IQ-test asosida, xorijiy hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘tkaziladi. Tanlovda chet tili bo‘yicha B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar qatnashadi. Ta’lim ingliz va boshqa tillarda olib boriladi.2026/2027 o‘quv yilidan maxsus 3-yillik bakalavriat dasturi joriy etiladi, Qashqadaryo yuridik texnikumi negizida esa akademik litsey tashkil etiladi. Shu yildan “Yurisprudensiya” va “Davlat va jamiyat boshqaruvi” bakalavrlari qayta tayyorlovsiz maktablarda “Davlat va huquq asoslari”dan dars bera oladi; huquq fanidan bilimni baholash sertifikati ham joriy etiladi.2026 yil 1-martdan turdosh yo‘nalish bitiruvchilari uchun ikki yillik magistratura ochiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251121/intellektual-mulk-arxiv-ishi-53654688.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1d/30340951_20:0:1092:804_1920x0_80_0_0_e25573bd75f3dec9fa89ae451e93c211.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yuridik ta’lim, o‘zbekiston, prezident farmoni, amaliy o‘qish, dual ta’lim, klinik ta’lim, sud amaliyoti, huquqni muhofaza qilish idoralari, qs reytingi, digital law, sun’iy intellekt, yuridik universitet
yuridik ta’lim, o‘zbekiston, prezident farmoni, amaliy o‘qish, dual ta’lim, klinik ta’lim, sud amaliyoti, huquqni muhofaza qilish idoralari, qs reytingi, digital law, sun’iy intellekt, yuridik universitet
Yuridik ta’limni isloh qiluvchi farmon qabul qilindi — tafsilotlar
Yuridik ta’limni isloh qiluvchi farmon qabul qilindi: darslarning yarmi amaliyotda o‘tiladi, 2-kursdan talabalar ishga qabul qilinadi, dekanlar esa saylov orqali tayinlanadi.
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilishga qaratilgan prezident farmoni
qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun ta’limning 50 foizi auditoriyalarda, qolgani sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa yuridik tashkilotlarda amaliy o‘qitish shaklida tashkil etiladi.
Farmonda yuridik ta’lim samaradorligini oshirish va Universitetni 2030-yilgacha QS reytingida huquq sohasi bo‘yicha 1 000 talik ro‘yxatga kiritish vazifasi belgilangan.
2026/2027 o‘quv yilidan Universitetda klinik va dual ta’lim tamoyili asosida amaliy o‘qitish tizimi joriy etiladi. 2027/2028 o‘quv yildan esa bu tajriba “Yurisprudensiya” yo‘nalishi mavjud davlat OTMlariga ham tatbiq etiladi.
Ta’lim – tadqiqot – amaliyot integratsiyasini ta’minlash maqsadida sohaviy fakultetlar akademik departamentlar, tadqiqot, amaliyot va karyera markazlaridan iborat tarzda qayta tashkil etiladi. Universitet kafedralari negizida akademik departamentlar va ular tarkibida sho‘’balar tuziladi.
Tadqiqot markazlari huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolarni ilmiy asosda o‘rganadi. Shu bilan birga, fakultet dekanlari, departament va markaz rahbarlarini ikki o‘quv yiliga saylash amaliyoti joriy etiladi; bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ziyod shu lavozimni egallamaydi.
3- va 4-kurs talabalari davlat tashkilotlari, notariat va advokatlik tuzilmalariga ish yurituvchi yoki yuriskonsult yordamchisi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.
2026/2027 o‘quv yildan sun’iy intellekt asosida dars sifatini baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Elektron platforma orqali talabalarning oraliq bilimlari, shuningdek yakuniy nazorat ishlari sun’iy intellekt tomonidan baholanadi.
Universitetda “Raqamli huquq” (Digital Law) xalqaro yo‘nalishi ochiladi. Unga qabul IQ-test asosida, xorijiy hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘tkaziladi. Tanlovda chet tili bo‘yicha B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar qatnashadi. Ta’lim ingliz va boshqa tillarda olib boriladi.
2026/2027 o‘quv yilidan maxsus 3-yillik bakalavriat dasturi joriy etiladi, Qashqadaryo yuridik texnikumi negizida esa akademik litsey tashkil etiladi. Shu yildan “Yurisprudensiya” va “Davlat va jamiyat boshqaruvi” bakalavrlari qayta tayyorlovsiz maktablarda “Davlat va huquq asoslari”dan dars bera oladi; huquq fanidan bilimni baholash sertifikati ham joriy etiladi.
2026 yil 1-martdan turdosh yo‘nalish bitiruvchilari uchun ikki yillik magistratura ochiladi.