Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Gerasimov: birinchi mudofaa chizig‘i yengib o‘tildi, Slavanskkacha to‘rt kilometr qoldi

© KremlVladimir Putin provol soveshanie na odnom iz punktov upravleniya Kurskoy gruppirovkoy.
Vladimir Putin provol soveshanie na odnom iz punktov upravleniya Kurskoy gruppirovkoy.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i "Janub" qo‘shinlar guruhini tekshirib, Slavansk, Kramatorsk va Drujkovka yo‘nalishlaridagi vaziyat haqida ma’lum qildi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i — mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, armiya generali Valeriy Gerasimov "Janub" qo‘shinlar guruhi birlashma va harbiy qismlarining jangovar vazifalarni bajarish jarayonini tekshirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Gerasimovning aytishicha, guruh qo‘shinlari qariyb 160 kilometrlik front bo‘ylab bir nechta yo‘nalishda hujum qilmoqda.
Rossiya bo‘linmalari ayrim uchastkalarda Slavansk–Kramatorsk mustahkamlangan hududining birinchi mudofaa chizig‘ini yengib o‘tgan.
Uchinchi armiya bo‘linmalari Slavansk tomon harakatni davom ettirmoqda. Iyul–avgust oylarida Piskunovka, Pershomaryevka va Orexovatka qishloqlari Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan.
Nikolayevka va Nikanorovkada ko‘cha janglari davom etmoqda. Ilg‘or bo‘linmalardan Slavanskning sharqiy chekkasigacha to‘rt kilometr qolgan.
Kramatorskdan sharqda harakatlanayotgan shturm guruhlari shahar chekkasidan uch kilometr uzoqlikdagi aerodrom hududida jang olib bormoqda. Rossiya kuchlari Ukraina qo‘shinlari ta’minotida foydalanilayotgan logistika yo‘nalishlariga zarba bermoqda.
Guruhning chap qanotida Alekseyevo-Drujkovka hududida janglar davom etmoqda. Rossiya tomoni aholi punktining qariyb yarmi nazoratga olinganini bildirdi.

Shuningdek, Kurtovka va Verolyubovkada ko‘cha janglari ketayotgani, ilg‘or bo‘linmalar Drujkovkaga 1,5 kilometr masofaga yaqinlashgan.

Gerasimovga ko‘ra, so‘nggi ikki oyda Drujkovka yo‘nalishida 100 kvadrat kilometrdan ortiq hudud Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan.
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kiyevning o‘zi jinni shishadan chiqarib yubordi — Putin
Yangiliklar lentasi
0