Kiyevning o‘zi jinni shishadan chiqarib yubordi — Putin
21:02 22.08.2026 (yangilandi: 21:13 22.08.2026)

© Vesti
Obuna bo‘lish
Rossiya zarbalari Kiyev harakatlariga qaraganda og‘riqliroq va halokatliroq bo‘lmoqda.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Rossiyadagi fuqarolik nishonlariga zarba berishni boshlaganida Kiyevning o‘zi jinni shishadan chiqarib yubordi, dedi Vladimir Putin "Vesti" boshlovchisi Pavel Zarubinga bergan intervyusida.
Rossiya prezidentining asosiy fikrlari:
Rossiya qo‘shinlari nafaqat barcha jabhalarda oldinga siljimoqda, balki oldinga siljish sur’atini ham oshirmoqda.
Rossiyani 40 kun ichida mag‘lub etishga urinish Ukraina va uning G‘arbdagi boshqaruvchilarining yana bir qaltis tavakkali bo‘ldi.
Kiyev rejimi va uning xo‘jayinlari Rossiya ustidan hech qanday ustunlikka erisha olmadi va hech qachon erisha olmaydi.
Rossiya armiyasining zarbalari Kiyev harakatlariga qaraganda og‘riqliroq va halokatliroq bo‘lmoqda.
Dushman aholini qo‘rqitish va parlament saylovlarini buzishga harakat qilgan edi, lekin Rossiya bunga yo‘l qo‘ymaydi.
Rossiya faqat yerdagi voqelikka asoslangan holda Ukraina bilan tinchlik haqida muloqot qilishga tayyor.
Rossiyaning Ukraina portlariga zarbasi jahon bozorida taqchillikka olib kelmaydi. Bizda bu yil hosil mo‘l bo‘lgan va taklif yetarli.
"40-kunlik do‘zax" operatsiyasi Kiyev uchun halokat bilan tugadi
11 iyun kuni Britaniya, Fransiya va Germaniya elchilari Nikolas de Riviyer, Nayjel Keysi va Aleksandr Lambsdorf Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin tomonidan qabul qilingan edi. Keyinroq Sergey Lavrov elchilarning ushbu tashrifining yagona maqsadi — Rossiyaga ultimatum e’lon qilish ekanini ma’lum qildi.
Oradan biroz o‘tib, 25-iyun kuni, Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi "40-kunlik do‘zax" harbiy operatsiyasini boshlaganini e’lon qildi. Operatsiya maqsadini — Moskvani harbiy harakatlarni to‘xtatishga majburlash dedi.
Shundan so‘ng Ukraina Rossiyaning ichki hududlarida neftni qayta ishlash zavodlariga, plyajlar, internet-magazin omborxonalari, yotoqxonalar va boshqa fuqarolik obyektlariga dron hujumlari uyushtirdi.
Rossiya havo mudofaa kuchlari uchirilgan dronlarning aksariyatini zarasizlantirdi, lekin ayrim dronlar nishonlarga yetib bordi. Moskva viloyatida neftni qayta ishlash zavodi, Wildberries omborxonalariga zarar yetdi, bir necha tinch aholi vakillari qurbon bo‘ldi. Shunga qaramasdan ichki yoqilg‘i bozorida jiddiy muammolar yuzaga kelmadi.
Ushbu zarbalarga javoban Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning barcha hududlarida joylashgan harbiy korxonalar, omborxonalar yoqilg‘i omborlariga ommaviy halokatli zarbalar berdi. Zelenskiyning o‘zi g‘arblik hamkorlariga "Rossiya raketalarini qaytara olmayotgani" haqida shikoyat qildi. Dengiz-logistika obyektlariga berilgan zarbalar natijasida xorijiy yuk kemalari Ukraina portlariga kirmay qo‘ydi. Ukrainaning yirik neft omborlari, front chizig‘iga yaqin joylashgan AYoQShlar yo‘q qilindi.