Velosipedda 25 kun: samarqandlik sayyoh Pomir orqali Xitoyga yetib bordi

© Sosseti Ravshana AmirovaSamarkandes na velosipede preodolel Pamir i dobralsya do Kitaya
Samarkandes na velosipede preodolel Pamir i dobralsya do Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2026
Obuna bo‘lish
Velosayohat onkologik kasallikka chalingan bolalarga yordam berishga bag‘ishlangan. Amirov yana 10 kunda O‘shga yetib borishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalaridan birining xodimi Ravshan Amirov Pomir traktini velosipedda bosib o‘tib, Xitoyning Qashqar shahriga yetib bordi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Amirov 1-avgust kuni yakka tartibdagi velosayohatga yo‘l olgan. O‘tgan 25 kun davomida u dunyodagi eng murakkab baland tog‘ yo‘nalishlaridan biri hisoblangan Pomir traktidan o‘tdi.
Ammo ekspeditsiyaning asosiy maqsadi masofa bosib o‘tish yoki rekord o‘rnatish emas. Amirov safarini "Ezgu amal" jamoat xayriya jamg‘armasi ko‘magida onkologik kasallikka chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlagan.
Yig‘ilgan mablag‘lar ularning dori vositalari, diagnostika, operatsiya va kimoterapiya xarajatlariga yo‘naltiriladi.
Sayyoh ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yo‘ldan olingan surat va videolarni deyarli har kuni e’lon qilmoqda. U bosib o‘tilgan masofa, tog‘li yo‘llardagi qiyinchiliklar va safar davomida uchratgan odamlari haqida hikoya qilib bormoqda.
Amirov yaqin 10 kun ichida velosipedda Qirg‘izistonning O‘sh shahriga yetib borishni, shundan so‘ng Samarqandga qaytishni rejalashtirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, VeloLife deb nomlangan ekspeditsiyaning rejalashtirilgan umumiy masofasi 3 ming kilometrdan oshadi. Yo‘nalish Tojikiston, dengiz sathidan 4655 metr balandlikdagi Oqbaytal dovoni, Kulma dovoni, Xitoyning Qashqar shahri va Qirg‘izistonning O‘sh shahri orqali o‘tadi.
Uchastniki avtoprobega Parij — Pekin po Velikomu sholkovomu puti pribili v Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2026
Parij – Pekin avtosayyohatining retro avtomobillari Samarqandga yetib keldi – foto
Yangiliklar lentasi
0