Parij – Pekin avtosayyohatining retro avtomobillari Samarqandga yetib keldi – foto
Parij – Pekin avtosayyohatining retro avtomobillari Samarqandga yetib keldi – foto
Sputnik O‘zbekiston
Parijdan Pekinga Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab yo‘l olgan 33 ta noyob retro avtomobil Samarqandga yetib keldi. 15 ming kilometrlik avtoprobeg 1-sentabrgacha davom etadi.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab Parijdan Pekinga yo‘l olgan 40 ga yaqin noyob retro avtomobil Samarqandga yetib keldi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Xalqaro avtosayyohat 12-iyul kuni Fransiyadagi Futuroskop majmuasidan boshlangan. Sayohat davomida ekipajlar 15 ming kilometr yo‘l bosib, 1-sentabr kuni Pekinga yetib borishni rejalashtirgan.Ekipajlarning aksariyati Fransiya, Belgiya, Shveysariya va Lyuksemburgdan. Ular turli davr va modellarga oid avtomobillarda Buyuk ipak yo‘lining tarixiy shaharlari bo‘ylab harakatlanmoqda.Ishtirokchilar butun marshrutni 57 kunda bosib o‘tishni rejalashtirgan bo‘lsalar-da, Samarqand bilan tanishish uchun ikki kun vaqt ajratdilar. Avtomobillar rejali texnik ko‘rik va zarur ta’mirdan o‘tkazilayotgan bir paytda, ekipajlar shaharning tarixiy obidalarini ziyorat qilmoqda.Samarqanddan keyin avtosayyohat Farg‘ona vodiysi tomon davom etadi. So‘ng ishtirokchilar Qirg‘iziston orqali Xitoyga yo‘l olib, sayohatni Pekin va Buyuk Xitoy devori yaqinida yakunlaydi.
Parijdan Pekinga Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab ketayotgan noyob retro avtomobillar Samarqandda ikki kunlik to‘xtash qildi
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab Parijdan Pekinga yo‘l olgan 40 ga yaqin noyob retro avtomobil Samarqandga yetib keldi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Xalqaro avtosayyohat 12-iyul kuni Fransiyadagi Futuroskop majmuasidan boshlangan. Sayohat davomida ekipajlar 15 ming kilometr yo‘l bosib, 1-sentabr kuni Pekinga yetib borishni rejalashtirgan.
Fransiyaning ATYPIC Travel Organisation kompaniyasi tashkil etgan avtosayyohat Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon, Markaziy Osiyo va Xitoy hududlari orqali o‘tadi.
Ekipajlarning aksariyati Fransiya, Belgiya, Shveysariya va Lyuksemburgdan. Ular turli davr va modellarga oid avtomobillarda Buyuk ipak yo‘lining tarixiy shaharlari bo‘ylab harakatlanmoqda.
Ishtirokchilar butun marshrutni 57 kunda bosib o‘tishni rejalashtirgan bo‘lsalar-da, Samarqand bilan tanishish uchun ikki kun vaqt ajratdilar. Avtomobillar rejali texnik ko‘rik va zarur ta’mirdan o‘tkazilayotgan bir paytda, ekipajlar shaharning tarixiy obidalarini ziyorat qilmoqda.
Samarqanddan keyin avtosayyohat Farg‘ona vodiysi tomon davom etadi. So‘ng ishtirokchilar Qirg‘iziston orqali Xitoyga yo‘l olib, sayohatni Pekin va Buyuk Xitoy devori yaqinida yakunlaydi.