O‘zbekiston BMTning cho‘llanishga qarshi konferensiyasida qanday takliflar bildirdi?

© Komitet po ekologii i izmeneniyu klimataV Ulan-Batore proxodit Konferensiya COP17 po borbe s opustinivaniyem
V Ulan-Batore proxodit Konferensiya COP17 po borbe s opustinivaniyem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2026
Obuna bo‘lish
Mamlakat mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy monitoringni joriy etish va ko‘proq mablag‘ safarbar qilishni qo‘llab-quvvatladi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. O‘zbekiston BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi tomonlari konferensiyasida yaylovlarni tiklash uchun ko‘proq moliyaviy resurslarni safarbar etishga chaqirdi.
Bu haqda O‘zbekiston delegatsiyasi vakili Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda o‘tayotgan UNCCD COP17 konferensiyasidagi chiqishida ma’lum qildi.
O‘zbekiston yaylovlarni barqaror boshqarish va tiklashda davlat, xususiy sektor hamda mahalliy jamoalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishni qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, Markaziy Osiyoda degradatsiyaga uchragan yaylovlarni tiklash bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
"O‘zbekiston uchun yaylovlar shunchaki qishloq xo‘jaligi yerlari emas. Ular quruq landshaftlarimizda oziq-ovqat ishlab chiqarish, qishloq turmush tarzi, biologik xilma-xillik va ekologik bog‘liqlikni ta’minlovchi ekotizimlardir", — dedi delegatsiya vakili.
O‘zbekiston, shuningdek, yaylovlarni tiklash va barqaror boshqarish, chorvador jamoalar farovonligini oshirish hamda zamonaviy monitoring usullarini joriy etishga qaratilgan Rangeland Flagship xalqaro tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Mamlakatda yaylovlarning umumiy maydoni 20 mln gektardan oshadi, ammo ularning katta qismi degradatsiyaga uchragan. Muammoning asosiy sabablari sifatida meyoridan ortiq chorva boqish, iqlim o‘zgarishi, qurg‘oqchilik va samarali monitoring tizimining yetishmasligi ko‘rsatiladi.
O‘zbekistonda 2025–2027 yillarda yaylovlarni degradatsiyadan chiqarish va ulardan barqaror foydalanish bo‘yicha milliy dastur amalga oshirilmoqda.
Uning doirasida yaylovlarni xatlovdan o‘tkazish, geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish va elektron xaritalar yaratish ishlari olib borilmoqda.
UNCCD ma’lumotiga ko‘ra, yaylovlar Yer yuzining yarmidan ko‘pini egallaydi va qariyb 2 mlrd kishining turmush manbai hisoblanadi. Ayni paytda ularning yarmi degradatsiyaga uchragan yoki shunday xavf ostida qolgan.
"Yerlarni tiklash. Umidni tiklash" shiori ostidagi COP17 konferensiyasi 28-avgustga qadar davom etadi.
Vid na Aralskoe more s visoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2026
BMTTD Orolbo‘yida sho‘rlangan yerlarni tiklash bo‘yicha innovatsion yechimlar tanlovini boshladi
Yangiliklar lentasi
0