https://oz.sputniknews.uz/20260824/mirziyoev-toqaev-tabrik-59919980.html
Mirziyoyev Toqayevni Qurultoyga ilk saylovlar bilan tabrikladi
Mirziyoyev Toqayevni Qurultoyga ilk saylovlar bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart To‘qayevni Qozog‘iston Qurultoyiga ilk saylovlar bilan tabrikladi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, “Adilet” yetakchilik qilmoqda, yana to‘rt partiya parlamentga kirish uchun 5 foizlik chegaradan o‘tgan.
2026-08-24T11:18+0500
2026-08-24T11:18+0500
2026-08-24T11:23+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
qasim-jomart toqayev
qozog‘iston
saylovlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0d/29091531_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_226587096a004874d526a86dc110d5f8.jpg
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni mamlakatning yangi bir palatali parlamenti — Qurultoyga ilk saylovlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.Davlat rahbari 23-avgust kuni bo‘lib o‘tgan saylovni Qozog‘iston tarixidagi muhim siyosiy voqea deb atadi. Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi ovoz berishning dastlabki natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, saylovda qatnashgan yettita partiyadan beshtasi parlamentga kirish uchun belgilangan 5 foizlik chegaradan o‘tmoqda:Saylovda 9,35 mln nafardan ziyod fuqaro qatnashgan. Bu saylovchilar ro‘yxatiga kiritilganlarning 74,19 foizini tashkil etadi.Yangi Qurultoy 145 nafar deputatdan iborat bo‘ladi. Ular sof proporsional saylov tizimi asosida besh yil muddatga saylanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260823/kazakhstan-qurultoy-saylovlar-59895157.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0d/29091531_103:0:1276:880_1920x0_80_0_0_4088707ee1674358ac08956a0f1df292.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, qasim-jomart toqayev, qozog‘iston, saylovlar
siyosat, shavkat mirziyoyev, qasim-jomart toqayev, qozog‘iston, saylovlar
Mirziyoyev Toqayevni Qurultoyga ilk saylovlar bilan tabrikladi
11:18 24.08.2026 (yangilandi: 11:23 24.08.2026) Dastlabki natijalarga ko‘ra, Qozog‘istonda tashkil etilgan bir palatali parlamentga besh partiya 5 foizlik chegaradan o‘tdi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni mamlakatning yangi bir palatali parlamenti — Qurultoyga ilk saylovlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan
tabrikladi.
Davlat rahbari 23-avgust kuni bo‘lib o‘tgan saylovni Qozog‘iston tarixidagi muhim siyosiy voqea deb atadi.
Mirziyoyevning ta’kidlashicha, saylov mamlakat siyosiy tizimini takomillashtirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va parlament rolini kuchaytirishda yangi bosqichni boshlab berdi.
Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi ovoz berishning dastlabki natijalarini
e’lon qildi. Unga ko‘ra, saylovda qatnashgan yettita partiyadan beshtasi parlamentga kirish uchun belgilangan 5 foizlik chegaradan o‘tmoqda:
“Adilet” — 6 528 948 ta ovoz yoki 71,17%;
“Auil” — 574 621 ta ovoz yoki 6,26%;
"Respublica” — 509 631 ta ovoz yoki 5,56%;
“Aq jol” — 478 083 ta ovoz yoki 5,21%;
USDP — 469 058 ta ovoz yoki 5,11%.
Saylovda 9,35 mln nafardan ziyod fuqaro qatnashgan. Bu saylovchilar ro‘yxatiga kiritilganlarning 74,19 foizini tashkil etadi.
Yangi Qurultoy 145 nafar deputatdan iborat bo‘ladi. Ular sof proporsional saylov tizimi asosida besh yil muddatga saylanadi.