Musulmon davlatlarining o‘z NATOsi paydo bo‘lyaptimi: nega Eron Makka paktidan xavotirda emas

© REUTERS / Saudi Press AgencyLideri Tursii, Saudovskoy Aravii i Pakistana podpisali oboronnoe soglashenie. Arxivnoe foto
Lideri Tursii, Saudovskoy Aravii i Pakistana podpisali oboronnoe soglashenie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2026
Obuna bo‘lish
Tehron Pokiston, Turkiya va Saudiya Arabistonining yangi mudofaa kelishuvini mintaqadagi yondashuv o‘zgarishi sifatida baholadi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Pokiston, Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida tuzilgan yangi mudofaa pakti mintaqa davlatlarining xavfsizlikka munosabati o‘zgarayotganini ko‘rsatadi. Bu haqda Eron TIV rasmiy vakili Ismoil Baqoiy ma’lum qildi.
Uning fikricha, so‘nggi ikki-uch yildagi voqealar mintaqa mamlakatlariga xavfsizlikni tashqi kuchlarga topshirib qo‘yib bo‘lmasligini ko‘rsatdi.

“Mintaqa mamlakatlari xavfsizlik yolg‘onchi vositachilardan sotib olinadigan tovar emasligini anglab yetdi”, — dedi Baqoiy.

Tehron Pokiston, Turkiya va Saudiya Arabistoni bilan yaqin tarixiy, diniy va madaniy aloqalarga ega ekanini ta’kidlab, “Makka shartnomasi” Eronga qarshi qaratilganidan xavotirlanish uchun asos yo‘qligini bildirdi.
Eron TIV rasmiy vakili mintaqaviy hamkorlik tashqi kuchlarga qaram bo‘lmagan va barcha davlatlar manfaatini hisobga olgan taqdirda xavfsizlikni mustahkamlashi mumkinligini aytdi.
7 avgustda imzolangan “Makka qo‘shma mudofaa kelishuvi”ga ko‘ra, uch davlatdan biriga qilingan qurolli hujum barchasiga qilingan hujum sifatida baholanadi. Kelishuv, shuningdek, mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.
Pokiston tashqi ishlar vaziri Ishoq Dor pakt muayan davlatga qarshi qaratilmagani va uning prinsiplarini qabul qiluvchi boshqa mamlakatlar uchun ham ochiq ekanini ma’lum qildi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan esa kelishuvdagi “biriga hujum — barchasiga hujum” mexanizmini NATOning 5-moddasiga o‘xshatdi. Anqara paktga boshqa mamlakatlarni ham jalb etish niyatida, ehtimoliy ishtirokchilar qatorida Misr ham tilga olinmoqda.
Shu tariqa, hozircha uch davlatni birlashtirgan “Makka shartnomasi” kengroq mintaqaviy xavfsizlik mexanizmiga aylanishi mumkin. Ammo uning keyingi tarkibi va a’zolarning aniq harbiy majburiyatlari hozircha to‘liq ma’lum emas.
Izobrajenie sgenerirovano II - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2026
Makka shartnomasi: Islom harbiy ittifoqi kimga va nima uchun kerak
Yangiliklar lentasi
0