https://oz.sputniknews.uz/20260824/banklar-davlat-ulush-valyuta-rejalar-59936927.html
Ishmetov banklardagi davlat ulushi va valyuta bozori bo‘yicha rejalarni aytdi
Ishmetov banklardagi davlat ulushi va valyuta bozori bo‘yicha rejalarni aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank valyuta intervensiyalari strategiyasi va kapital harakatini erkinlashtirish rejalarini e’lon qiladi. Davlatning bank sektoridagi ulushini qariyb 60 foizdan yanada kamaytirish ko‘zda tutilgan.
2026-08-24T17:17+0500
2026-08-24T17:17+0500
2026-08-24T17:21+0500
o‘zbekiston
markaziy bank
timur ishmetov
bank
valyuta
inflyatsiya
oltin
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/13/45257471_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_a33b4128f40636752004e9be7aaf686e.jpg
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki bank sektoridagi davlat ulushini qisqartirishni davom ettiradi. Bu haqda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov Toshkentdagi "Silk Road Finance & Technology Forum" doirasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.U, shuningdek, Markaziy bank valyuta intervensiyalari strategiyasini e’lon qilishini bildirdi. Ishmetovning ta’kidlashicha, regulyator valyuta bozoriga so‘m kursini muayan darajada ushlab turish maqsadida chiqmayapti. Intervensiyalar, jumladan, oltin xaridi va iqtisodiyotdagi pul hajmini tartibga solish zarurati bilan bog‘liq.Bundan tashqari, Markaziy bank kapital harakatini yanada erkinlashtirish rejalarini ham jamoatchilikka taqdim etadi.Ishmetov jahon bozoridagi neft va oziq-ovqat narxlarining o‘zgarishi hozircha O‘zbekistonga bevosita ta’sir ko‘rsatmaganini ham ma’lum qildi. Shu bilan birga, Markaziy bank ehtimoliy bilvosita oqibatlarni diqqat bilan kuzatib boradi va zarurat tug‘ilsa, pul-kredit siyosatini o‘zgartirishga tayyor.
https://oz.sputniknews.uz/20260330/mirziyoev-iqtisod-eksport-topshiriq-56599832.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/13/45257471_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_1fa0c5c04a13a50687a0f33b33d74613.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, markaziy bank, timur ishmetov, bank, valyuta, inflyatsiya, oltin, iqtisod
o‘zbekiston, markaziy bank, timur ishmetov, bank, valyuta, inflyatsiya, oltin, iqtisod
Ishmetov banklardagi davlat ulushi va valyuta bozori bo‘yicha rejalarni aytdi
17:17 24.08.2026 (yangilandi: 17:21 24.08.2026) Markaziy bank valyuta bozoridagi strategiyasini e’lon qiladi va bank sektoridagi davlat ulushini qisqartirishda davom etadi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki bank sektoridagi davlat ulushini qisqartirishni davom ettiradi. Bu haqda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov Toshkentdagi "Silk Road Finance & Technology Forum" doirasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
"So‘nggi bir necha yilda bu ko‘rsatkichni 85 foizdan qariyb 60 foizga tushirishga erishdik. Bu tendensiyani davom ettiramiz", — dedi Ishmetov.
U, shuningdek, Markaziy bank valyuta intervensiyalari strategiyasini e’lon qilishini bildirdi. Ishmetovning ta’kidlashicha, regulyator valyuta bozoriga so‘m kursini muayan darajada ushlab turish maqsadida chiqmayapti. Intervensiyalar, jumladan, oltin xaridi va iqtisodiyotdagi pul hajmini tartibga solish zarurati bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, Markaziy bank kapital harakatini yanada erkinlashtirish rejalarini ham jamoatchilikka taqdim etadi.
"Biz yanada ochiq va shaffof bo‘lishga tayyormiz", — dedi u.
Ishmetov jahon bozoridagi neft va oziq-ovqat narxlarining o‘zgarishi hozircha O‘zbekistonga bevosita ta’sir ko‘rsatmaganini ham ma’lum qildi. Shu bilan birga, Markaziy bank ehtimoliy bilvosita oqibatlarni diqqat bilan kuzatib boradi va zarurat tug‘ilsa, pul-kredit siyosatini o‘zgartirishga tayyor.
"Biz har ikki yo‘nalishda ham harakat qilishga tayyor turishimiz kerak — inflyatsiya pasayishda davom etgan taqdirda ham, uning o‘sish xavfi yuzaga kelganda ham", — dedi Markaziy bank raisi.