Abadiy do‘stlik va yangi kelishuvlar: Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi tafsilotlari

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSeremoniya nagrajdeniya prezidentov Uzbekistana i Azerbaydjana gosudarstvennimi nagradami
Seremoniya nagrajdeniya prezidentov Uzbekistana i Azerbaydjana gosudarstvennimi nagradami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari Abadiy do‘stlik shartnomasini imzolab, Yangi Toshkentda qator loyihalarga start berdi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘ksaroy qarorgohida ikki mamlakat yetakchilarini oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Ilhom Aliyevga O‘zbekistonning “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni, Shavkat Mirziyoyevga esa Ozarbayjonning “Haydar Aliyev” ordeni topshirildi.
Muzokaralar yakunida prezidentlar Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda Oliy davlatlararo kengash uchinchi yig‘ilishi qarorini imzoladilar.
Shuningdek, pensiya ta’minoti, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikka oid bitimlar, 2030-yilga qadar tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish dasturi hamda investitsiya va savdo kelishuvlarini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi qabul qilindi.
Tashqi ishlar va adliya vazirliklarining 2027–2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturlari, kinologiya sohasida tajriba almashish to‘g‘risidagi memorandum ham imzolandi. Urganch va Xonkendi, Buxoro va Lochin, shuningdek, Urganch va Naxchivon o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha bayonnomalar tuzildi.
Shundan so‘ng davlat rahbarlari Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdilar. Ilhom Aliyevga shaharning bosh rejasi, qurilish jarayoni, transport va muhandislik infratuzilmasi hamda rivojlanish istiqbollari taqdim qilindi.

Prezidentlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti yangi kampusining tantanali ochilish marosimida ishtirok etib, Nizomiy Ganjaviy haykali yonida daraxt ekdilar.

Tashrif yakunida Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘ini qurish ishlariga start berildi. To‘rt gektarlik hududda Ozarbayjon madaniyati, tarixi va milliy an’analarini aks ettiruvchi zamonaviy jamoat makoni yaratiladi.
Prezidenti Uzbekistana i Azerbaydjana proveli zasedanie Visshego mejgosudarstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2026
Mirziyoyev va Aliyev qo‘shma loyihalarga start berdi
Yangiliklar lentasi
0