https://oz.sputniknews.uz/20260823/mirziyoev-aliev-loyihalar-start-59903256.html
Mirziyoyev va Aliyev qo‘shma loyihalarga start berdi
Mirziyoyev va Aliyev qo‘shma loyihalarga start berdi
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Aliyev sakkizta sohadagi qo‘shma loyihalarga start berdi. Tomonlar "Ikki mamlakat — bir chempionat" dasturini ishlab chiqishga kelishib oldi.
2026-08-23T17:17+0500
2026-08-23T17:17+0500
2026-08-23T17:17+0500
iqtisod
hamkorlik
toshkent
o‘zbekiston
ozarbayjon
uchrashuv
tashrif
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/17/59903084_0:197:1900:1266_1920x0_80_0_0_5d5f7606de8650180cfdb5a3360f15c3.jpg
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev bilan tor doiradagi uchrashuvi va Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.Muzokaralarda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun alohida "yo‘l xaritasi" qabul qilinadi.Tomonlar madaniyat, ta’lim, yoshlar siyosati va sport sohalaridagi almashinuvlarni davom ettirishga kelishib oldi. "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy o‘rtasidagi adabiy ko‘prik" mavzusida qo‘shma film yaratish taklif qilindi.O‘zbekiston va Ozarbayjonda 2027-yil futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan "Ikki mamlakat — bir chempionat" dasturi ishlab chiqiladi. U qo‘shma sport, madaniyat va yoshlarga oid tadbirlarni qamrab oladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260822/toshkentda-ozbekiston-ozarbayjon-hududlararo-forumi-ish-boshladi-59882871.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/17/59903084_95:0:1783:1266_1920x0_80_0_0_d7d638332ab1f1fbc7668c20dd2b686b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, hamkorlik, toshkent, o‘zbekiston, ozarbayjon, uchrashuv, tashrif
iqtisod, hamkorlik, toshkent, o‘zbekiston, ozarbayjon, uchrashuv, tashrif
Mirziyoyev va Aliyev qo‘shma loyihalarga start berdi
Prezidentlar sakkizta yo‘nalishdagi qo‘shma loyihalarni boshlab, erishilgan kelishuvlar bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qildi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev bilan tor doiradagi uchrashuvi va Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
xabar berdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida bank-moliya, qurilish materiallari, ta’lim, neft-gaz, turizm, uy-joy qurilishi, tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga start berildi.
Erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun alohida "yo‘l xaritasi" qabul qilinadi.
Tomonlar madaniyat, ta’lim, yoshlar siyosati va sport sohalaridagi almashinuvlarni davom ettirishga kelishib oldi. "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy o‘rtasidagi adabiy ko‘prik" mavzusida qo‘shma film yaratish taklif qilindi.
Shuningdek, Nizomiy Ganjaviy nomidagi Milliy pedagogika universitetining yangi binosi ochilishi va Yangi Toshkentda "Ozarbayjon" bog‘ini barpo etish ishlari boshlanishi belgilandi.
O‘zbekiston va Ozarbayjonda 2027-yil futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan "Ikki mamlakat — bir chempionat" dasturi ishlab chiqiladi. U qo‘shma sport, madaniyat va yoshlarga oid tadbirlarni qamrab oladi.