https://oz.sputniknews.uz/20260707/samarkand-yashil-shahar-loyiha-58867668.html
Samarqand “yashil shahar”ga aylantiriladi — prezidentga loyiha taqdim etildi
Samarqand “yashil shahar”ga aylantiriladi — prezidentga loyiha taqdim etildi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand “yashil shahar”ga aylantiriladi. 2030-yilgacha transport, qurilish, sanoat va chiqindilarni boshqarish sohalarida yangi ekologik standartlar joriy etilishi rejalashtirilgan.
2026-07-07T09:20+0500
2026-07-07T09:20+0500
2026-07-07T12:10+0500
shavkat mirziyoyev
ekologiya
iqlim o‘zgarishi
o‘rmon
turizm
transport
jamiyat
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/02/85/028548_0:154:3092:1893_1920x0_80_0_0_b570d08a513cc0846136398167425158.jpg
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev cho‘llanishga qarshi kurashish va shaharlarda “yashil shahar” tamoyillarini joriy etish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Samarqandni Markaziy Osiyoda ekologik barqaror, iqlimga moslashgan va zamonaviy “yashil shahar” namunasiga aylantirish rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda “Green Samarkand” modeli ishlab chiqildi.Model doirasida 2030-yilga qadar:Loyihani muvofiqlashtirish uchun Samarqand viloyati hokimligi va Ekologiya qo‘mitasi ishtirokida “Yashil Samarqand” loyiha ofisi tashkil etiladi. Transport sohasida 50 ta elektrobus xarid qilish, 150 ta svetofor o‘rnatish, 2030-yilgacha jamoat transporti va taksilarni elektr transportiga o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, “Park & Ride” tizimi va piyodalar uchun yashil turistik hududlar joriy etiladi, markazga shaxsiy avtotransport kirishi bosqichma-bosqich kamaytiriladi.Suv va yashil infratuzilma uchun Samarqand shahrida kamida 4 ta, tuman markazlarida esa kamida bittadan sun’iy ko‘l va suv havzalari tashkil etiladi. Shaharda 10 ta favvora quriladi, 319 kilometr ariqlar tizimi tiklanadi. Loyiha doirasida “Yashil Samarqand” brendi, “Green Hotels Samarkand” reytingi, shahar bioxilma-xilligi indeksi va ko‘ngillilar dasturi ham amalga oshiriladi.Prezident takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260706/chollanish-qarshi-choralar-reja-58863291.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/02/85/028548_181:0:2912:2048_1920x0_80_0_0_240fbd5ec922d46e44bb7d46960bded7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, ekologiya , iqlim o‘zgarishi, o‘rmon, turizm, transport, jamiyat, samarqand
shavkat mirziyoyev, ekologiya , iqlim o‘zgarishi, o‘rmon, turizm, transport, jamiyat, samarqand
Samarqand “yashil shahar”ga aylantiriladi — prezidentga loyiha taqdim etildi
09:20 07.07.2026 (yangilandi: 12:10 07.07.2026) Loyiha doirasida shaharda transport, qurilish, sanoat, chiqindilar va yashil infratuzilma bo‘yicha yangi ekologik talablar joriy etiladi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev cho‘llanishga qarshi kurashish va shaharlarda “yashil shahar” tamoyillarini joriy etish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Samarqandni Markaziy Osiyoda ekologik barqaror, iqlimga moslashgan va zamonaviy “yashil shahar” namunasiga aylantirish rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda “Green Samarkand” modeli ishlab chiqildi.
Model doirasida 2030-yilga qadar:
atmosferaga 51,2 ming tonna zararli tashlamalar chiqishining oldini olish;
PM2.5 va PM10 zarrachalarini 50 foizga kamaytirish;
qurilish obyektlaridan chiqadigan changni 80 foizga qisqartirish;
transport chiqindilarini 50 foizga kamaytirish;
chiqindi poligonlari hajmini 2 barobar qisqartirish;
yashil hududlar ulushini o‘rtacha 30 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Loyihani muvofiqlashtirish uchun Samarqand viloyati hokimligi va Ekologiya qo‘mitasi ishtirokida “Yashil Samarqand” loyiha ofisi tashkil etiladi.
Shaharda maxsus ekologik-shaharsozlik rejimi joriy qilinib, yangi va rekonstruksiya qilinadigan obyektlar uchun “yashil qurilish” talablari majburiy bo‘ladi.
Transport sohasida 50 ta elektrobus xarid qilish, 150 ta svetofor o‘rnatish, 2030-yilgacha jamoat transporti va taksilarni elektr transportiga o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, “Park & Ride” tizimi va piyodalar uchun yashil turistik hududlar joriy etiladi, markazga shaxsiy avtotransport kirishi bosqichma-bosqich kamaytiriladi.
Suv va yashil infratuzilma uchun Samarqand shahrida kamida 4 ta, tuman markazlarida esa kamida bittadan sun’iy ko‘l va suv havzalari tashkil etiladi. Shaharda 10 ta favvora quriladi, 319 kilometr ariqlar tizimi tiklanadi.
Yangi katta halqa yo‘li bo‘ylab 102,7 kilometrlik, 3532 gektar maydonda “yashil belbog‘” barpo etiladi.
Loyiha doirasida “Yashil Samarqand” brendi, “Green Hotels Samarkand” reytingi, shahar bioxilma-xilligi indeksi va ko‘ngillilar dasturi ham amalga oshiriladi.
Prezident takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.