https://oz.sputniknews.uz/20260823/samarkand-oqituvchilar-forum-59899369.html
Samarqand o‘qituvchilar forumida viloyat ta’limidagi muammolar aytildi
Samarqand o‘qituvchilar forumida viloyat ta’limidagi muammolar aytildi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda o‘qituvchilarning 34,8 foizi malaka toifasiga ega emas. Attestatsiyada pedagoglarning 47 foizi yetarli ball to‘play olmagan, har to‘rtinchi chet tili o‘qituvchisida sertifikat yo‘q.
2026-08-23T14:32+0500
2026-08-23T14:32+0500
2026-08-23T14:32+0500
ta’lim
samarqand viloyati
maktab
sertifikat
o‘qituvchilar
forum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/17/59899200_404:0:3661:1832_1920x0_80_0_0_c5c0cd1e4110f7ecd9ee58d9c06def21.jpg
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Yangi o‘quv yili arafasida Samarqandda o‘tkazilgan o‘qituvchilarning beshinchi Milliy forumida ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yechimini kutayotgan muammolar ko‘rsatib o‘tildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Bugungi kunda viloyatda 62 mingdan ziyod o‘qituvchi mehnat qiladi. Biroq ularning 34,8 foizi malaka toifasiga ega emas. O‘tgan o‘quv yilida attestatsiyadan o‘tgan pedagoglarning qariyb 47 foizi yetarli ball to‘play olmagan. Bundan tashqari, o‘qituvchilarning deyarli 20 foizining malaka toifasi pasaytirilgan.Viloyat ta’lim tizimi rahbariyatiga Samarqand davlat chet tillar instituti bilan hamkorlikda 2026/2027 o‘quv yili yakuniga qadar vaziyatni tubdan o‘zgartirish vazifasi qo‘yildi.Forum yakunida viloyat rahbariyati tomonidan mehnati alohida e’tirofga loyiq pedagoglar taqdirlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260818/otm-qabul-natijalar-kvota-yotoqxona-59775432.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/17/59899200_811:0:3254:1832_1920x0_80_0_0_e65ddbec5ba89707afe6ee96f19c72ea.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ta’lim, samarqand viloyati, maktab, sertifikat, o‘qituvchilar, forum
ta’lim, samarqand viloyati, maktab, sertifikat, o‘qituvchilar, forum
Samarqand o‘qituvchilar forumida viloyat ta’limidagi muammolar aytildi
Samarqandda 62 mingdan ziyod o‘qituvchi ishlaydi. Ularning 34,8 foizi malaka toifasiga, har to‘rtinchi chet tili o‘qituvchisi sertifikatga ega emas.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Yangi o‘quv yili arafasida Samarqandda o‘tkazilgan o‘qituvchilarning beshinchi Milliy forumida ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yechimini kutayotgan muammolar ko‘rsatib o‘tildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bugungi kunda viloyatda 62 mingdan ziyod o‘qituvchi mehnat qiladi. Biroq ularning 34,8 foizi malaka toifasiga ega emas. O‘tgan o‘quv yilida attestatsiyadan o‘tgan pedagoglarning qariyb 47 foizi yetarli ball to‘play olmagan. Bundan tashqari, o‘qituvchilarning deyarli 20 foizining malaka toifasi pasaytirilgan.
Chet tili o‘qituvchilari orasida ham muammolar mavjud. Viloyat maktablarida 6 mingdan ziyod chet tili o‘qituvchisi faoliyat yuritadi, ammo ularning 77 foizigina milliy yoki xalqaro sertifikatga ega. Demak, deyarli har to‘rtinchi chet tili o‘qituvchisida tegishli sertifikat yo‘q.
Viloyat ta’lim tizimi rahbariyatiga Samarqand davlat chet tillar instituti bilan hamkorlikda 2026/2027 o‘quv yili yakuniga qadar vaziyatni tubdan o‘zgartirish vazifasi qo‘yildi.
Forum yakunida viloyat rahbariyati tomonidan mehnati alohida e’tirofga loyiq pedagoglar taqdirlandi.