OTMlarga qabul: natijalar, kvotadan tashqari qabul va yotoqxona bo‘yicha ma’lumot berildi

© SputnikPress-konferensiya Ministerstva visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy
Press-konferensiya Ministerstva visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2026
Obuna bo‘lish
Yangi o‘quv yili uchun bakalavriatda 201,7 mingdan ziyod qabul kvotasi belgilandi, 36 mingdan ortiq grant o‘rni ajratildi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yili uchun 209 ming nafar abituriyent talaba bo‘lishga tavsiya etildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Vazir o‘rinbosari Sardor Rajabovning matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, ularning:
156 ming nafari — kunduzgi;
25 ming nafari — kechki;
20 ming nafari — masofaviy ta’limga tavsiya etilgan.
Yana 6,7 ming nafar abituriyent O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari uchun mo‘ljallangan "5+1" ta’lim shakli asosida o‘qiydi.
Qariyb 13 ming nafar milliy va xalqaro sertifikat egasi hamda belgilangan imtiyozlarga ega 302 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilingan.
2026/2027 o‘quv yili uchun bakalavriat qabul kvotasi jami 201 719 tani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 6 392 taga ko‘p.
Shundan:
155 852 ta — kunduzgi;
28 942 ta — kechki;
16 925 ta — masofaviy ta’lim uchun ajratilgan.
Bakalavriatda 36 023 ta grant o‘rni belgilangan.
Test sinovlari respublika bo‘yicha 64 ta katta sig‘imli binoda o‘tkazildi. Jarayon videokuzatuvga olinib, test2026.uz orqali onlayn namoyish etildi.
Yotoqxonaga ariza berish boshlandi
Birinchi bosqich talabalari 18-avgustdan talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali ariza topshirishi mumkin.
Yotoqxonalarga dastlab imtiyoz va ustuvorlikka ega talabalar joylashtiriladi. Qolgan o‘rinlar umumiy navbat asosida taqsimlanadi. Birinchi kurs talabalari uchun yotoqxona o‘rinlarining 55–65 foizgachasi ajratiladi.
Vazirlik talabalar yashaydigan ijara xonadonlari va xostellardagi sharoitni ham nazorat qiladi. Yashash uchun mos bo‘lmagan yoki xavfsizlik talablariga javob bermaydigan joy aniqlansa, talabani boshqa xavfsiz joyga ko‘chirish choralari ko‘riladi.
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2026
Abituriyentlar diqqatiga: kirish testlari 14-iyuldan boshlanadi
Yangiliklar lentasi
0