https://oz.sputniknews.uz/20260315/kazakhstan-konstitutsiya-referendum-56292418.html
Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendum o‘tmoqda: nimalar o‘zgaradi
Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendum o‘tmoqda: nimalar o‘zgaradi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendum o‘tmoqda. Hujjatda bir palatali Qurultoy, vitse-prezident lavozimi, fuqarolik, nikoh, mitinglar va so‘z erkinligiga oid o‘zgarishlar nazarda tutilgan.
2026-03-15T10:59+0500
2026-03-15T10:59+0500
2026-03-15T11:02+0500
markaziy osiyo
siyosat
nikoh
ta’lim
prezident
qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/06/25049782_0:0:2001:1125_1920x0_80_0_0_7559638c9fc9216d2ecdd0124bac99a2.jpg
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Qozog‘istonda yakshanba kuni yangi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha respublika referendumi o‘tmoqda.Referendumda 12 milliondan ortiq fuqaro ishtirok etishi mumkin. Ovoz beruvchilarga bitta savol qo‘yilgan: ular yangi Konstitutsiyani qabul qiladimi?Loyiha Asosiy qonunni keng ko‘lamda yangilashni nazarda tutadi. Bungacha Qozog‘iston Konstitutsiyasiga 1998, 2007, 2011, 2017, 2019 va 2022-yillarda tuzatishlar kiritilgan.Asosiy o‘zgarishlardan biri — bir palatali parlamentga o‘tish bo‘lib, uni Qurultoy deb nomlash taklif etilmoqda.Hujjatda, shuningdek, vitse-prezident lavozimini joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, din davlatdan ajratilgani qayd etilgan, ayrim holatlarda esa diniy tashkilotlar faoliyati qonun asosida cheklanishi mumkinligi belgilangan.Loyihaga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq fuqarolikka ega bo‘lish taqiqlanadi. Inson huquqlari, ushlash paytidagi kafolatlar, aybsizlik prezumpsiyasi va bir huquqbuzarlik uchun qayta jazolanmaslikka oid normalar ham kengaytirilmoqda.Hujjatda shaxsiy hayot va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish kuchaytirilgan. Bu internet orqali uzatiladigan ma’lumotlarga ham taalluqli.So‘z erkinligiga oid norma saqlanib qolmoqda, ammo uni cheklash asoslari loyihada batafsilroq bayon qilingan.Nikoh erkak va ayolning davlat ro‘yxatidan o‘tgan ittifoqi deb aniqlik kiritilmoqda.Bundan tashqari, tinch yig‘inlar, tashqi siyosat, ta’lim va tibbiy yordamga oid qoidalarga ham aniqlik kiritilmoqda. Xususan, o‘rta ta’lim haqidagi moddalardan “bepul” so‘zi olib tashlanmoqda. Tibbiy yordamga oid normada esa bu so‘z “ular tomonidan to‘lanmaydigan” degan ifoda bilan almashtirilmoqda.Prezident vakolatlariga oid takliflarLoyihada prezident tayinlaydigan lavozimlar ro‘yxatini kengaytirish taklif qilingan. Jumladan, bu ro‘yxatga:Shuningdek, prezident:Konstitutsiyaviy sudning 10 nafar sudyasini,Markaziy saylov komissiyasining olti nafar a’zosini,Oliy auditorlik palatasining sakkiz nafar a’zosini tayinlashi taklif etilmoqda.Loyihada yana prezident o‘z lavozimida qabul qilgan qarorlari uchun, jinoiy javobgarlikka tortilmasligi haqidagi norma ham nazarda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250908/kazakhstan-parlament-bir-palata-51818812.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/06/25049782_0:0:1777:1333_1920x0_80_0_0_cf08d375e4929aff2733f3e4778125e6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston referendum, yangi konstitutsiya qozog‘iston, qozog‘iston konstitutsiya loyihasi, qurultoy, vitse-prezident, qozog‘istonda ovoz berish, konstitutsiyadagi o‘zgarishlar, nikoh haqidagi norma, mitinglar haqi, so‘z erkinligi
qozog‘iston referendum, yangi konstitutsiya qozog‘iston, qozog‘iston konstitutsiya loyihasi, qurultoy, vitse-prezident, qozog‘istonda ovoz berish, konstitutsiyadagi o‘zgarishlar, nikoh haqidagi norma, mitinglar haqi, so‘z erkinligi
Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendum o‘tmoqda: nimalar o‘zgaradi
10:59 15.03.2026 (yangilandi: 11:02 15.03.2026) Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendum o‘tmoqda. Hujjatda parlament tuzilishi, prezident vakolatlari va fuqarolar huquqlariga oid o‘zgarishlar bor.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Qozog‘istonda yakshanba kuni yangi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha respublika referendumi o‘tmoqda.
Referendumda 12 milliondan ortiq fuqaro ishtirok etishi mumkin. Ovoz beruvchilarga bitta savol qo‘yilgan: ular yangi Konstitutsiyani qabul qiladimi?
Loyiha Asosiy qonunni keng ko‘lamda yangilashni nazarda tutadi. Bungacha Qozog‘iston Konstitutsiyasiga 1998, 2007, 2011, 2017, 2019 va 2022-yillarda
tuzatishlar kiritilgan.
Asosiy o‘zgarishlardan biri — bir palatali parlamentga o‘tish bo‘lib, uni Qurultoy deb nomlash taklif etilmoqda.
Hujjatda, shuningdek, vitse-prezident lavozimini joriy etish ko‘zda tutilgan.
Loyihada qurolli kuchlarni birinchi bo‘lib qo‘llash mumkin emasligi haqidagi norma olib tashlanmoqda.
Shuningdek, din davlatdan ajratilgani qayd etilgan, ayrim holatlarda esa diniy tashkilotlar faoliyati qonun asosida cheklanishi mumkinligi belgilangan.
Loyihaga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq fuqarolikka ega bo‘lish taqiqlanadi.
Inson huquqlari, ushlash paytidagi kafolatlar, aybsizlik prezumpsiyasi va bir huquqbuzarlik uchun qayta jazolanmaslikka oid normalar ham kengaytirilmoqda.
Hujjatda shaxsiy hayot va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish kuchaytirilgan. Bu internet orqali uzatiladigan ma’lumotlarga ham taalluqli.
So‘z erkinligiga oid norma saqlanib qolmoqda, ammo uni cheklash asoslari loyihada batafsilroq bayon qilingan.
Yangi tahrirda tinch miting, yig‘in va namoyish o‘tkazish huquqi saqlanmoqda, ammo yurish va piketlar haqidagi norma olib tashlangan.
Nikoh erkak va ayolning davlat ro‘yxatidan o‘tgan ittifoqi deb aniqlik kiritilmoqda.
Bundan tashqari, tinch yig‘inlar, tashqi siyosat, ta’lim va tibbiy yordamga oid qoidalarga ham aniqlik kiritilmoqda.
Xususan, o‘rta ta’lim haqidagi moddalardan “bepul” so‘zi olib tashlanmoqda. Tibbiy yordamga oid normada esa bu so‘z “ular tomonidan to‘lanmaydigan” degan ifoda bilan almashtirilmoqda.
Ta’limga oid bo‘limda Qozog‘iston hududida ta’lim va tarbiya tizimi dunyoviy xususiyatga ega ekani alohida ta’kidlangan.
Prezident vakolatlariga oid takliflar
Loyihada prezident tayinlaydigan lavozimlar ro‘yxatini kengaytirish taklif qilingan. Jumladan, bu ro‘yxatga:
Markaziy saylov komissiyasi raisi;
Oliy auditorlik palatasi raisi;,
Davlat qo‘riqlash xizmati boshlig‘i;
Inson huquqlari bo‘yicha vakil kiritilmoqda.
Shuningdek, prezident:
Konstitutsiyaviy sudning 10 nafar sudyasini,
Markaziy saylov komissiyasining olti nafar a’zosini,
Oliy auditorlik palatasining sakkiz nafar a’zosini tayinlashi taklif etilmoqda.
Agar Qurultoy ushbu tayinlovlarga ikki marta rozilik bermasa, prezident uni tarqatib yuborish huquqiga ega bo‘ladi.
Loyihada yana prezident o‘z lavozimida qabul qilgan qarorlari uchun, jinoiy javobgarlikka tortilmasligi haqidagi norma ham nazarda tutilgan.