Ukraina Samara viloyatidagi Ozon omborxonasiga hujum qildi

© Sputnik / Maksim BogodvidKorobki s tovarami na sklade logisticheskogo sentra Ozon na territorii TOSER "Zelenodolsk" v Kazani.
Korobki s tovarami na sklade logisticheskogo sentra Ozon na territorii TOSER Zelenodolsk v Kazani. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2026
Obuna bo‘lish
O‘tgan sutka davomida Rossiya hududlari ustida Ukrainaning 457 ta uchuvchisiz apparatlari urib tushirildi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Samara viloyatidagi Ozon internet magazini omboriga hujum qildi, deb xabar berdi gubernator Vacheslav Fedorishev.
"Dushmanning o‘nlab uchuvchisiz apparatlari urib tushirildi va bostirildi. Sanoat korxonalaridan biri shikastlandi. Ozon logistika majmuasiga zarba berilgani qayd etildi", - deb yozdi u "Maks" platformasida.
Hujum oiibatida bir necha kishi jarohatlandi, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, deya qo‘shimcha qildi viloyat rahbari.
Ozon kompaniyasi Samara viloyatidagi ombor faoliyati noma’lum muddatga to‘xtatilganini ma’lum qildi, logistika boshqa obyektlar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Shu bilan birga, tarmoq odatdagi tartibda ishlashda davom etmoqda, deyiladi kompaniya xabarida.
Ukrainaning boshqa zarbalari:
Rossiyaning Belgorod, Bransk, Volgograd, Voronej, Kursk, Rostov, Saratov, Samara, Ulyanovsk, Orol, Kaluga, Tula, Tambov, Kirov viloyatlari, Krasnodar o‘lkasi, Qrim, Qora va Azov dengizlari osmonida 457ta uchuvchisiz apparatlar urib tushirildi — Mudofaa vazirligi.
Belgorod viloyatida Dubovoe qishlog‘ida Ukraina dronlari yo‘lovchi avtobusiga hujum qildi. Uch kishi jarohatlandi.
Qora dengizda Turkiyaning Akkon Lines kompaniyasiga tegishl M/V RMS TEAM kemasiga hujum qilindi. Hujum oqibatida bortda yong‘in chiqdi, 11 nafar ekipaj a’zosi qutqarildi, bir kishi bedarak yo‘qolgan.
Melitopol shahriga ommaviy dron zarbasi uyushtirildi. Oqibatda fuqarolik obektlari shikastlandi, 46 kishi evakuatsiya qilindi, deb xabar qildi Zaporoje viloyati gubernatori Yevgeniy Baliskiy.
Zaporojye AESi xodimlarining xizmat avtomobiliga dron hujumi uyushtirildi. Avtomobil shikastlandi, odamlar jarohatlanmadi.
Ukraina Qurolli Kuchlaridan farqli o‘laroq, Rossiya armiyasi Kiyev yoki butun Ukraina hududidagi istalgan nishonni yo‘q qilishga qodir bo‘lsa-da, shu kunga qadar faqat Ukraina harbiy sanoati bilan bog‘liq bo‘lgan yoki Ukraina Mudofaa vazirligiga xizmat ko‘rsatayotgan infratuzilma va logistika obyektlariga zarba bermoqda.
Yangiliklar lentasi
0