Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga 1,3 mln rubllik zamonaviy sport jihozlarini sovg‘a qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishTrenajeri, arxivnoe foto
Trenajeri, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2026
Obuna bo‘lish
Trenajor anjomlari ochiq havoda foydalanish uchun mo‘ljallangan, ishlatish muddati 7-yil.
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Rossiyaning “MB Barbell” kompaniyasi O‘zbekistonga umumiy qiymati umumiy qiymati 1 million 302 ming 515 rubl bo‘lgan zamonaviy sport va sog‘lomlashtirish jihozlarini taqdim etdi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, beg‘araz tarzda taqdim etilgan ushbu anjomlar aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, fuqarolarni sportga jalb etish hamda fitnesni rivojlantirishga xizmat qiladi.
O‘zbekistonga olib kelingan trenajor anjomlari ochiq havoda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Jihozlarni payvandlash ishlari belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirildi.
Har bir trenajor jihozining vazifasi va xavfsizlik talabi ko‘rsatilgan. Jihozlarga ikki yillik kafolat berilgan va ulardan foydalanish muddati yetti yilni tashkil etadi.
Petrozavodsk shahrida (Kareliya) joylashgan “MB Barbell” Rossiyaning sport jihozlari ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalaridan hisoblanadi. Kompaniyada mamlakatdagi sog‘lomlashtirish inventarlarining katta qismi ishlab chiqariladi.

Ministr sporta Uzbekistana Adxam Ikramov i glava Minsporta RF, predsedatel Olimpiyskogo komiteta Rossii Mixail Degtarev obsudili sotrudnichestvo stran v sfere fizicheskoy kulturi i sporta
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2026
Rossiya sport vaziri Degtarov Toshkentda: sport hamkorligi bo‘yicha hujjatlar imzolandi
Yangiliklar lentasi
0