https://oz.sputniknews.uz/20260125/russia-sport-hamkorlik-hujjatlar-imzolanish-55253451.html
Rossiya sport vaziri Degtarev Toshkentda: sport hamkorligi bo‘yicha hujjatlar imzolandi
Rossiya sport vaziri Degtarev Toshkentda: sport hamkorligi bo‘yicha hujjatlar imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
Sport vazirligida Rossiya sport vaziri Mixail Degtarev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan sport sohasidagi hamkorlik rejasini imzoladi.
2026-01-25T16:19+0500
2026-01-25T16:19+0500
2026-01-25T16:22+0500
sport
boks
milliy olimpiya qo‘mitasi
bitim
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/19/55252456_0:0:1125:634_1920x0_80_0_0_e6e28d90cf690c7600f599853b706c9f.jpg
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik.Rossiya sport vaziri Mixail Degtarev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda jismoniy tarbiya va sport sohasida ikki mamlakat hamkorligi bo‘yicha Bayonnoma imzolandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.Tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.Rossiya delegatsiyasi O‘zbekistonga Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan.Tadbirda, shuningdek, 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi imzolandi.Mixail Degtarev o‘z Telegram kanalida ma’lum qilishicha, uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlik, noolimpiya va adaptiv sport turlari, innovatsion va fijital-sport, ommaviy sport hamda GTO majmuasi doirasida tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ustuvor sport turlari sifatida erkin kurash, dzudo va boks qayd etildi.Degtarevning ta’kidlashicha, 2026-yilda Rossiyada Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatlari sport vazirlari uchrashuvi, paralimpiya va talabalar sportini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro forumlar hamda "Rossiya — sport mamlakati" xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston tomoni ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga taklif etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250911/saint-petersburg-gubernator-olimpiya-shaharcha-futbol-markazi-tashrif-51890958.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/19/55252456_89:0:1090:751_1920x0_80_0_0_bf37d652cd1bba40737ffb7bfbcc2170.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, rossiya, sport, mixail degtarev, sport vazirligi, milliy olimpiya qo‘mitasi, hamkorlik, bayonnoma, fijital sport, gto
o‘zbekiston, rossiya, sport, mixail degtarev, sport vazirligi, milliy olimpiya qo‘mitasi, hamkorlik, bayonnoma, fijital sport, gto
Rossiya sport vaziri Degtarev Toshkentda: sport hamkorligi bo‘yicha hujjatlar imzolandi
16:19 25.01.2026 (yangilandi: 16:22 25.01.2026) Toshkentda Rossiya sport vaziri Mixail Degtarev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazilib, sport sohasida hamkorlik bo‘yicha hujjatlar imzolandi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik.Rossiya sport vaziri Mixail Degtarev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda jismoniy tarbiya va sport sohasida ikki mamlakat hamkorligi bo‘yicha Bayonnoma imzolandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati
xabar berdi.
Tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.
Rossiya delegatsiyasi O‘zbekistonga Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan.
Uchrashuvda 2025-yilda jismoniy tarbiya va sport sohasida Rossiya–O‘zbekiston hamkorligi yakunlari hamda 2026-yilda hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Tadbirda, shuningdek, 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi imzolandi.
Mixail Degtarev o‘z Telegram kanalida
ma’lum qilishicha, uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlik, noolimpiya va adaptiv sport turlari, innovatsion va fijital-sport, ommaviy sport hamda GTO majmuasi doirasida tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ustuvor sport turlari sifatida erkin kurash, dzudo va boks qayd etildi.
Degtarevning ta’kidlashicha, 2026-yilda Rossiyada Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatlari sport vazirlari uchrashuvi, paralimpiya va talabalar sportini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro forumlar hamda "Rossiya — sport mamlakati" xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston tomoni ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga taklif etildi.