Kudratov Mordoviya rahbari bilan investitsiya tashabbuslarini jadallashtirishni kelishib oldi

© Press-slujba MIPT Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Tomonlar korxonalar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Rossiyaning Mordoviya Respublikasi rahbari Artom Zdunov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni, sanoat kooperatsiyasini hamda hududlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
Farmatsevtika, elektrotexnika, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, yog‘ochni qayta ishlash va AT sohalarida qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlaridagi sanoat parklari hududlarida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish, shuningdek, korxonalar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Kudratov va Zdunov aniq kooperatsiya va investitsiya tashabbuslarini ishlab chiqishni jadallashtirish hamda tegishli tuzilmalar va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

O‘zbekistonning Mordoviya bilan savdo 2022-yildan buyon 2,5 baravarga oshgan, uning amaldagi hajmi esa yiliga qariyb 70 mln dollarga baholanmoqda.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Mordoviya ishbilarmonlari ishtirokida ikki tomonlama biznes forumida 25 mln dollarlik bitimlar imzolandi.