Rossiyaning Mordoviya Respublikasi kompaniyalari bilan 25 mln dollarlik bitimlar imzolandi

© SputnikV Tashkente proshol dvustoronniy biznes-forum Respubliki Mordoviya i Respubliki Uzbekistan
V Tashkente proshol dvustoronniy biznes-forum Respubliki Mordoviya i Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2026
Obuna bo‘lish
Mordoviya Respublikasi bilan savdo 2022-yildan buyon 2,5 barobarga oshgan, uning amaldagi hajmi esa yiliga qariyb 70 mln dollarga baholanmoqda.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston va Mordoviya ishbilarmonlari ishtirokida ikki tomonlama biznes-forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbirda Mordoviya rahbari Artom Zdunov, Mordoviya vazirlik va idoralari vakillari, Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Alisher Zokirov, shuningdek, ikki tomon ishbilarmonlari ishtirok etdi. Forum davomida kompaniyalar o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazildi.
Mordoviya iqtisodiyot, savdo va tadbirkorlik vaziri Ivan Gorinning aytishicha, O‘zbekiston respublikaning eng yirik beshta tashqi savdo hamkoridan biri hisoblanadi. 2022-yildan buyon o‘zaro savdo hajmi 2,5 barobarga oshgan.
Bojxona statistikasida o‘zaro savdo aylanmasi 20 mln dollar deb ko‘rsatilgan. Biroq mahsulotlarning bir qismi Moskva, Nijniy Novgorod va boshqa logistika markazlaridagi savdo tashkilotlari orqali yetkazib beriladi.
Gorin ushbu operatsiyalarni ham hisobga olganda yillik savdo aylanmasini qariyb 70 mln dollarga baholadi.
Forumdan oldin Mordoviya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri Vitaliy Platonov boshchiligidagi delegatsiya 18–19 avgust kunlari Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.
Alisher Zokirovning ma’lum qilishicha, tashrif davomida tadbirkorlar, davlat tashkilotlari, chorvachilik xo‘jaliklari hamda eksport-import korxonalari bilan muzokaralar o‘tkazildi.
"Biz umumiy gaplar emas, aniq mahsulot yetkazib berish va aniq loyihalar haqida gaplashdik. 44 ta fermer xo‘jaligiga 17 ming bosh qoramol yetkazib berilishiga ehtiyoj borligi aniqlandi. Shuningdek, shakar, kartoshka va qandolat mahsulotlarini yetkazib berish masalasi muhokama qilinmoqda", — deya qo‘shimcha qildi u.
Artom Zdunovning ma’lum qilishicha, forum doirasida O‘zbekiston va Mordoviya kompaniyalari o‘rtasida umumiy qiymati 25 mln dollarlik 8 ta hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shuningdek, Artom Zdunov va Mordoviya delegatsiyasi vakillari "Birodarlik qabrlari" yodgorlik majmuasida "Mangu olov" va "Motamsaro ona" memorialiga gulchambar va gullar qo‘ydi.
"Tarixiy xotirani asrash — ma’naviy birligimiz va xalqlarimiz birdamligini asrash demakdir. Tilimiz va madaniyatimizni qadrlaganimiz kabi, tariximizni ham avaylashimiz kerak. Bu bizning fashizm va natsizmga munosabatimizni ko‘rsatadi. Ushbu ishni davom ettirsak, farzandlarimiz, nabiralarimiz va evaralarimiz ham bu xotirani saqlab qoladi", — dedi Zdunov.
Rossiya Federatsiyasi Mordoviya Respublikasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2025
Matbuot markazi
Rossiya Federatsiyasi Mordoviya Respublikasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
Yangiliklar lentasi
0