https://oz.sputniknews.uz/20260821/kasb-hunarga-oqitish-59846945.html
Xorazm viloyatida kasb-hunarga o‘qitish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi
Xorazm viloyatida kasb-hunarga o‘qitish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida amaliy tayyorgarlik kuchaytiriladi. 21.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-08-21T09:48+0500
2026-08-21T09:48+0500
2026-08-21T10:09+0500
jamiyat
xorazm viloyati
shavkat mirziyoyev
kasb-hunar maktablari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/15/59846525_0:133:2560:1573_1920x0_80_0_0_f397ec335c54f7da840040ec18aaac85.jpg
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Xorazm viloyatida kasb-hunarga o‘qitish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi va u mehnat bozori ehtiyojlari bilan uzviy bog‘lanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga shunday topshiriq berdi.Ma’lum qilinishicha, ayni paytda viloyatda 39 ming nafar ishsiz fuqaro bor, 102 ming kishi mehnat migratsiyasida.Bandlik sohasidagi asosiy masalalardan biri mavjud vakansiyalar bilan ish izlovchilarning kasbiy tayyorgarligi o‘rtasidagi tafovut ekani qayd etildi. Ayni paytda 50 mingdan ziyod vakansiya mavjud bo‘lsa-da, zarur malakaga ega kadrlar yetishmasligi sababli ularning bir qismi bo‘sh qolmoqda.Davlat rahbari kasb-hunarga o‘qitish tizimini qayta ko‘rib chiqish va uni mehnat bozori ehtiyojlari bilan uzviy bog‘lash zarurligini ta’kidladi.O‘tkazilgan so‘rovlarda oliy ta’lim muassasalari talabalarining 63 foizi o‘qish jarayonida yetarli amaliy ko‘nikmalarni egallamayotganini qayd etgan.Shu bois o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida amaliy tayyorgarlikni kuchaytirish, oliy ta’lim tashkilotlarining mavjud imkoniyatlaridan kasbga o‘rgatishda keng foydalanish vazifasi qo‘yildi.Universitetlarda kunning ikkinchi yarmida talabalarning kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.Yil yakuniga qadar 18 mingta kam ta’minlangan oiladagi 81 ming nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish va 39 ming nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260818/khorazm-loyiha-qurilish-59768380.html
xorazm viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/15/59846525_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_088203c0b00d5d6fe0050323d579c5b9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, xorazm viloyati, shavkat mirziyoyev, kasb-hunar maktablari
jamiyat, xorazm viloyati, shavkat mirziyoyev, kasb-hunar maktablari
Xorazm viloyatida kasb-hunarga o‘qitish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi
09:48 21.08.2026 (yangilandi: 10:09 21.08.2026) O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida amaliy tayyorgarlik kuchaytiriladi.
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Xorazm viloyatida kasb-hunarga o‘qitish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi va u mehnat bozori ehtiyojlari bilan uzviy bog‘lanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga shunday topshiriq
berdi. Ma’lum qilinishicha, ayni paytda viloyatda 39 ming nafar ishsiz fuqaro bor, 102 ming kishi mehnat migratsiyasida.
Bandlik sohasidagi asosiy masalalardan biri mavjud vakansiyalar bilan ish izlovchilarning kasbiy tayyorgarligi o‘rtasidagi tafovut ekani qayd etildi. Ayni paytda 50 mingdan ziyod vakansiya mavjud bo‘lsa-da, zarur malakaga ega kadrlar yetishmasligi sababli ularning bir qismi bo‘sh qolmoqda.
Davlat rahbari kasb-hunarga o‘qitish tizimini qayta ko‘rib chiqish va uni mehnat bozori ehtiyojlari bilan uzviy bog‘lash zarurligini ta’kidladi.
O‘tkazilgan so‘rovlarda oliy ta’lim muassasalari talabalarining 63 foizi o‘qish jarayonida yetarli amaliy ko‘nikmalarni egallamayotganini qayd etgan.
Shu bois o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida amaliy tayyorgarlikni kuchaytirish, oliy ta’lim tashkilotlarining mavjud imkoniyatlaridan kasbga o‘rgatishda keng foydalanish vazifasi qo‘yildi.
Universitetlarda kunning ikkinchi yarmida talabalarning kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
Yil yakuniga qadar 18 mingta kam ta’minlangan oiladagi 81 ming nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish va 39 ming nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.