Xorazmda 12 ta loyiha ishga tushdi, yana 7,4 mlrd dollarlik yangi quvvatlar qurilishi boshlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Xorezmskoy oblasti vvedeni v stroy 12 proyektov stoimostyu 176 millionov dollarov
V Xorezmskoy oblasti vvedeni v stroy 12 proyektov stoimostyu 176 millionov dollarov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2026
Obuna bo‘lish
Prezidentning tashrifi doirasida viloyatda yangi loyihalar ishga tushirildi, Xivada esa turizm va xalqaro tadbirlar infratuzilmasini kengaytirish rejalari belgilandi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazmga tashrifi doirasida viloyatda qiymati 176 mln dollar bo‘lgan 12 ta yirik loyiha ishga tushirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari ramziy tugmani bosib, obyektlarni ishga tushirdi va xorijiy hamkorlar ishtirokida amalga oshiriladigan qiymati 7 mlrd 424 mln dollar bo‘lgan yana 15 ta yangi quvvat qurilishiga start berdi.
Ular orasida Tuproqqal’ada 6 mlrd dollarlik ekologik aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish, 170 mln dollarlik bioetanol korxonasi, Urganch tumanida chiqindilarni qayta ishlab, 71 megavatt “yashil” energiya olish loyihasi bor.
Xivaga tutash hududda esa 120 mln dollarlik “Sahro yulduzi” turistik majmuasi quriladi. Umuman, yangi loyihalar hisobiga 6,6 mingta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Prezident Xivada barpo etilishi rejalashtirilgan 12,3 gektarlik xalqaro turistik shaharcha loyihasi bilan ham tanishdi. Bu yerda mehmonxonalar, muzey, restoranlar, savdo va xizmat obyektlari, yashil maydonlar va avtomobillar harakatidan xoli sayr hududlari tashkil etiladi.
Shaharcha Ichan qal’aga tushayotgan turistik yuklamani kamaytirish va sayyohlarning Xorazmda qolish muddatini uzaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Xivada yangi qurilgan Kongress-xoll, 310 o‘rinli mehmonxona va “Xiva Ichan qal’a” qabullar uyini ham ko‘zdan kechirdi.
Prezident ushbu obyektlardan samarali foydalanish, Xivada yirik xalqaro tadbirlarni ko‘paytirish va turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Molodej budet obuchatsya vostrebovannim na sovremennom rinke truda professiyam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2026
Mirziyoyev Xorazmga tashrif buyurdi — viloyatda nimalar o‘zgaradi
Yangiliklar lentasi
0