https://oz.sputniknews.uz/20260819/shorlangan-er-echimlar-tanlov-59804664.html
BMTTD Orolbo‘yida sho‘rlangan yerlarni tiklash bo‘yicha innovatsion yechimlar tanlovini boshladi
BMTTD Orolbo‘yida sho‘rlangan yerlarni tiklash bo‘yicha innovatsion yechimlar tanlovini boshladi
Sputnik O‘zbekiston
BMTTD loyihasi doirasida Orolbo‘yida degradatsiyaga uchragan va sho‘rlangan yerlarni tiklash bo‘yicha innovatsion yechimlar tanlovi boshlandi. Shuningdek, ekologik tashabbuslar uchun mikro-grantlar muhokama qilindi.
2026-08-19T14:04+0500
2026-08-19T14:04+0500
2026-08-19T14:04+0500
orol dengizi
amudaryo
ekologiya
iqlim o‘zgarishi
ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
o‘zbekiston
jamiyat
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1269/50/12695093_0:257:2730:1793_1920x0_80_0_0_8f1538519928c7442267699ad0e13307.jpg
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Amudaryoning quyi oqimida degradatsiyaga uchragan va sho‘rlangan yerlarni tiklash uchun amaliy hamda innovatsion yechimlar tanlovi boshlandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.Tanlov BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Global ekologik jamg‘arma (GEF) va Ekologiya qo‘mitasining Orol dengizi havzasidagi suv-botqoq hamda qirg‘oqbo‘yi hududlarini saqlashga qaratilgan qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.Shuningdek, loyiha doirasida Orol havzasi tabiiy resurslari va ekotizimlarini saqlash hamda ulardan barqaror foydalanishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun mikro-grantlar dasturi muhokama qilindi.2026 yilning ikkinchi choragida suv va yer resurslarini boshqarish sohasi mutaxassislari uchun 17 ta o‘quv seminari va trening o‘tkazilgan.Loyiha doirasida bioxilma-xillikni saqlash, degradatsiyaga uchragan ekotizimlarni tiklash va ekologik boshqaruvni takomillashtirish ishlarini davom ettirish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260706/chollanish-qarshi-choralar-reja-58863291.html
amudaryo
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1269/50/12695093_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_705fd8b2e1ba818f4146ff510fbb4af1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
orol dengizi, amudaryo, ekologiya , iqlim o‘zgarishi, ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, o‘zbekiston, jamiyat, bmt
orol dengizi, amudaryo, ekologiya , iqlim o‘zgarishi, ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, o‘zbekiston, jamiyat, bmt
BMTTD Orolbo‘yida sho‘rlangan yerlarni tiklash bo‘yicha innovatsion yechimlar tanlovini boshladi
Tanlov Amudaryoning quyi oqimida degradatsiyaga uchragan va sho‘rlangan yerlarni tiklashga qaratilgan amaliy yechimlarni topishni ko‘zda tutadi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Amudaryoning quyi oqimida degradatsiyaga uchragan va sho‘rlangan yerlarni tiklash uchun amaliy hamda innovatsion yechimlar tanlovi boshlandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
xabar berdi.
Tanlov BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Global ekologik jamg‘arma (GEF) va Ekologiya qo‘mitasining Orol dengizi havzasidagi suv-botqoq hamda qirg‘oqbo‘yi hududlarini saqlashga qaratilgan qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.
Uning maqsadi degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash va Orolbo‘yi ekotizimlarining barqarorligini oshirishga xizmat qiladigan amaliy innovatsion yechimlarni topish va joriy etishdan iborat.
Shuningdek, loyiha doirasida Orol havzasi tabiiy resurslari va ekotizimlarini saqlash hamda ulardan barqaror foydalanishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun mikro-grantlar dasturi muhokama qilindi.
2026 yilning ikkinchi choragida suv va yer resurslarini boshqarish sohasi mutaxassislari uchun 17 ta o‘quv seminari va trening o‘tkazilgan.
Loyiha doirasida bioxilma-xillikni saqlash, degradatsiyaga uchragan ekotizimlarni tiklash va ekologik boshqaruvni takomillashtirish ishlarini davom ettirish rejalashtirilgan.