O‘zbekiston MDHda xorijdagi aktivlarni qaytarish mexanizmini ishlab chiqishda qatnashdi

© Internet portal SNG Vstrecha zamestiteley generalnix prokurorov gosudarstv – uchastnikov SNG v Sankt-Peterburge
Vstrecha zamestiteley generalnix prokurorov gosudarstv – uchastnikov SNG v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston ishtirok etgan uchrashuvda xorijdagi aktivlarni qaytarish bo‘yicha xalqaro shartnoma konsepsiyasi ishlab chiqildi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. MDH davlatlari xorijdagi aktivlarni qaytarish bo‘yicha qo‘shma choralarni ishlab chiqdi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasining Xavfsizlik sohasida hamkorlik departamenti xabar berdi.
Ular orasida xalqaro shartnoma konsepsiyasi — kelajakda qabul qilinishi mumkin bo‘lgan hujjatning asosiy tamoyil va mexanizmlarini belgilab beruvchi loyiha ham bor.
Qo‘shma choralar Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan MDH davlatlari bosh prokurorlari o‘rinbosarlari uchrashuvida ishlab chiqildi.
Rossiya bosh prokurori o‘rinbosari Potr Gorodov raisligidagi tadbirda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari hamda MDH Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashi ijrochi kotibi Yuriy Jdanov ishtirok etdi.
Uchrashuvda xorijdagi aktivlarni qaytarish bilan bog‘liq zamonaviy muammolar va ularni hal etishning yangi mexanizmlariga asosiy e’tibor qaratildi.
Tomonlar ushbu yo‘nalishda qo‘shma choralarni belgilab, MDH doirasida xalqaro shartnoma konsepsiyasini ishlab chiqdi.
Ishtirokchilar milliy tajriba almashdi, idoralararo hamkorlikni takomillashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi.
Muzokaralar natijalaridan 30-sentabr kuni Qozonda o‘tkaziladigan MDH Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 36-yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayonida foydalaniladi.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon prinyal genprokurorov stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2025
MDH prokuraturalari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bitim imzoladi
Yangiliklar lentasi
0