https://oz.sputniknews.uz/20251021/cis-prokuratura-noqonuniy-migratsiya-kurash-52870162.html
MDH prokuraturalari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bitim imzoladi
MDH prokuraturalari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bitim imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston poytaxti Dushanbeda MDH mamlakatlari prokuraturalari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik bitimini imzoladi. Hujjat so‘nggi 15-yildagi ilk ko‘p tomonlama kelishuv hisoblanadi.
2025-10-21T15:35+0500
2025-10-21T15:35+0500
2025-10-21T15:35+0500
bosh prokuratura
prokuratura
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
markaziy osiyo
emomali rahmon
hamkorlik
migratsiya
migratsiya agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/15/52863202_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f94234654471e818f37f6641b688f0d0.jpg
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari bosh prokurorlarining muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Rossiya Bosh prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, bu hujjat MDHga a’zo davlatlar prokuraturalari tomonidan so‘nggi 15-yil ichida imzolangan birinchi ko‘p tomonlama kelishuv hisoblanadi.Rossiya bosh prokurori Aleksandr Gutsanning ta’kidlashicha, “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida davlat rahbarlari mintaqaviy xavfsizlik masalalariga katta e’tibor qaratgan. Bu esa huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga turtki bo‘ldi.Yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston bosh prokurorlari, shuningdek, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkmaniston prokuratura organlari vakillari ishtirok etishdi.Muvofiqlashtiruvchi kengashning 35-yig‘ilishi boshlanishidan oldin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon yubiley tadbiriga kelgan nazorat idoralari rahbarlarini qabul qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250430/ozbekiston-rossiya-fuqarolar-huquq-nazorat-49107009.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/15/52863202_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_3ac72d37b98d5b9f511c2d91a4b96c84.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mdh, prokuraturalari, dushanbe, tojikiston, noqonuniy migratsiya, hamkorlik bitimi, bosh prokurorlar, aleksandr gutsan, mdh kengashi, huquqni muhofaza qilish, mintaqaviy xavfsizlik, sng prokurori, migratsiyaga qarshi kurash, mdx, bosh prokuror
mdh, prokuraturalari, dushanbe, tojikiston, noqonuniy migratsiya, hamkorlik bitimi, bosh prokurorlar, aleksandr gutsan, mdh kengashi, huquqni muhofaza qilish, mintaqaviy xavfsizlik, sng prokurori, migratsiyaga qarshi kurash, mdx, bosh prokuror
MDH prokuraturalari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bitim imzoladi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida MDH mamlakatlari prokuraturalari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik bitimini imzoladi
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari bosh prokurorlarining muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Rossiya Bosh prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, bu hujjat MDHga a’zo davlatlar prokuraturalari tomonidan so‘nggi 15-yil ichida imzolangan birinchi ko‘p tomonlama kelishuv hisoblanadi.
Bosh prokurorlarning ta’kidlashicha, noqonuniy migratsiya milliy va jamoat xavfsizligiga, iqtisodiy barqarorlikka tahdid soladi, terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq guruhlar faoliyati uchun imkoniyat yaratadi, shuningdek, jinoyatchilik vaziyatini murakkablashtiradi.
Rossiya bosh prokurori Aleksandr Gutsanning ta’kidlashicha, “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida davlat rahbarlari mintaqaviy xavfsizlik masalalariga katta e’tibor qaratgan. Bu esa huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga turtki bo‘ldi.
“Biz mamlakatlarimiz yetakchilari belgilagan yo‘ldan borishimiz va zamonaviy jinoiy tahdidlarga samarali qarshi turish uchun kengash salohiyatidan to‘liq foydalanishimiz zarur”, – dedi Gutsan.
Yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston bosh prokurorlari, shuningdek, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkmaniston prokuratura organlari vakillari ishtirok etishdi.
Muvofiqlashtiruvchi kengashning 35-yig‘ilishi boshlanishidan oldin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon yubiley tadbiriga kelgan nazorat idoralari rahbarlarini qabul qildi.