Tinchlik muzokaralari va G‘arbning charchog‘i: Peskovning Ukraina mojarosi bo‘yicha bayonotlari
16:57 20.08.2026 (yangilandi: 16:59 20.08.2026)

© POOL
Obuna bo‘lish
Dmitriy Peskov Kiyev rejimining pozitsiyasi tufayli Ukrainada tinch yechim uchun asos yo‘qligini, ammo Moskva vositachilar sa’y-harakatini qadrlashini aytdi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish borasida hozircha optimizm uchun asos yo‘qligini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qildi.
"Ayni paytda Kiyev rejimining pozitsiyasi tufayli tinch yo‘l bilan hal qilish borasida optimizm uchun hech qanday asos yo‘q. Frontdagi vaziyat yaxshi ma’lum. Bu haqda davlat rahbari, oliy bosh qo‘mondon Vladimir Putin bir necha bor gapirgan. Maxsus harbiy operatsiya davom etmoqda", — dedi u jurnalistlar bilan muloqotda.
Peskovning Ukraina mojarosi bo‘yicha boshqa bayonotlari:
AQSh muzokarachilari Stiv Uitkoff va Jared Kushnerning Moskvaga tashrifi uchun aniq sanalar hali belgilanmagan. Biroq ular Rossiyadagi hamkasblari bilan doimiy ish aloqasida va Moskvada hamda prezident Putin huzurida istalgan mehmon bo‘lib qolmoqda;
Kiyevdagi siyosiy muhit "juda xilma-xil". Ayrimlar "loyqa suvdan baliq tutishga", boshqalar demokratiya meyorlariga tayanishga harakat qilmoqda. Ammo vaziyatning huquqiy bahosi Putin ilgari bildirgan pozitsiyaga mos. Rossiya prezidenti avvalroq Ukraina rahbarining legitimligi bo‘lmasa, butun hokimiyat tizimining legitimligi ham savol ostida qolishini aytgan edi;
G‘arbda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan charchash tendensiyasi mavjud, ammo uni bo‘rttirib ko‘rsatmaslik kerak. Yevropada mojaroga texnologik va texnik ishtirokini oshirayotgan davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniya qolmoqda;
bunday mamlakatlar G‘arbdagi charchoq kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik va Yevropa davlatlarini mojaroni davom ettirishga rag‘batlantirish uchun harakat qilmoqda;
Moskva mojaroni hal etishga ko‘maklashish istagini bildirgan barcha davlatlarning sa’y-harakatlarini qadrlaydi. Bunday mamlakatlar ko‘p emasligi sababli ularning harakatlari yanada muhim ahamiyat kasb etadi.

