Rossiyani hech kim sindira olmaydi — Putinning deputatlar bilan uchrashuvidagi bayonotlari

© Administratsiya Prezidenta Rossii
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Davlat dumasi deputatlari bilan uchrashuvda mahsus operatsiya, G‘arb bosimi va yangi hududlarning Rossiya tarkibiga integratsiyasi haqida gapirdi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasining sakkizinchi chaqiriq deputatlari bilan uchrashdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Vladimir Putinning asosiy bayonotlari:
so‘nggi besh yil Rossiya uchun murakkab va o‘ta mas’uliyatli davr bo‘ldi. Bu, hech mubolag‘asiz, Vatanimiz tarixidagi hal qiluvchi bosqichlardan biridir;
Rossiya davlat xavfsizligi va mustaqilligini, haqiqat va adolatni himoya qilishda davom etmoqda;
maxsus harbiy operatsiya qatnashchilari Rossiya va o‘z Ota uyi uchun jang qilmoqda, ularni butun mamlakat va jamiyat qo‘llab-quvvatlamoqda;
Rossiya o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishadi;
Rossiyaning ko‘p millatli xalqi tarixiy sinovlar va tashqi bosimga ichki birdamlik bilan javob qaytardi;
parlament Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarining Rossiya tarkibiga kirishi to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qildi. Ushbu hududlarni Rossiyaning to‘laqonli subyektlari sifatida mamlakatga integratsiya qilish ta’minlandi;
boshqa xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini rad etuvchilar o‘zlariga qulay paytda BMT Nizomini eslashadi, ammo ushbu huquq mustahkamlangan birinchi moddani unutishni afzal ko‘rishadi;
Rossiya noqonuniy cheklovlar, bosim va mamlakatni tiyib turishga qaratilgan urinishlarga anchadan beri duch kelmoqda. 2022-yildan boshlab G‘arb Rossiyaga qarshi rusofobik siyosatni to‘liq ishga tushirdi;
Rossiyani jang maydonida yenga olmagan kuchlar endi mamlakat aholisiga qarshi terroristik usullardan foydalanishga umid bog‘lamoqda;
Rossiya xalqini hech kim va hech qachon sindira olmaydi. Bu ilgari ham bo‘lmagan va kelajakda ham bo‘lmaydi.

