https://oz.sputniknews.uz/20260820/europe-ukraine-tolovlar-toxtatish-talab-59821138.html
Zelenskiy atrofidagi mojaro: Yevropada Ukrainaga to‘lovlarni to‘xtatish talab qilindi
Zelenskiy atrofidagi mojaro: Yevropada Ukrainaga to‘lovlarni to‘xtatish talab qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Kiyevdagi korrupsiya mojarosi ortidan Avstriya parlamentidagi eng yirik fraksiya Ukrainaga to‘lovlarni to‘xtatishni talab qildi. Germaniya va Polshada ham shunday chaqiriqlar yangradi. Uch davlat esa YeI kreditida qatnashmadi.
2026-08-20T10:55+0500
2026-08-20T10:55+0500
2026-08-20T10:59+0500
ukraina
vladimir zelenskiy
korrupsiya
yevropa ittifoqi
dunyo yangiliklari
germaniya
avstriya
dunyoda
polsha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/1a/16079960_0:0:2789:1569_1920x0_80_0_0_c2090f867760e3b1c0eadea50a18fb7c.jpg
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Avstriya Ozodlik partiyasi (FPO) Ukrainaga barcha to‘lovlarni zudlik bilan to‘xtatish va ilgari ajratilgan yordam mablag‘lari qayerga sarflanganini to‘liq tekshirishni talab qildi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.FPO — Avstriya parlamentidagi eng yirik fraksiya. Partiya 2024-yilgi parlament saylovida 28,8 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan va Milliy kengashdagi 183 ta o‘rindan 57 tasini egallagan. Ayrim so‘nggi so‘rovlarda partiyani qo‘llab-quvvatlash darajasi 37–38 foizga yetmoqda.Bayonot Ukraina korrupsiyaga qarshi idoralarining Kiyevda o‘tkazgan keng ko‘lamli amaliyoti ortidan e’lon qilindi. Ukraina OAV Zelenskiy ofisi rahbari o‘rinbosari Irina Mudraya bilan bog‘liq joylarda ham tintuv o‘tkazilganini xabar qildi. Mudraya 19-avgust kuni lavozimidan ozod etildi.FPO bosh kotibi Mixael Shnedlis Avstriya hukumatini Ukrainaga mablag‘larni yetarli nazoratsiz o‘tkazishda aybladi. Uning fikricha, harbiy mojaro “Yevropa soliq to‘lovchilari hisobiga tarixdagi eng yirik mablag‘ o‘zlashtirish amaliyoti uchun niqob” bo‘lib xizmat qilmoqda.Shunga o‘xshash talab 11-avgust kuni Germaniyada ham yangradi. Bundestagdagi eng yirik muxolifat kuch — “Germaniya uchun muqobil” partiyasi Ukraina uchun “cheksiz moliyaviy chek” siyosatiga barham berishga chaqirdi. AfD 2025-yilgi parlament saylovida 20,8 foiz ovoz olgan va Bundestagda ikkinchi yirik siyosiy kuchga aylangan.Iyul o‘rtalarida Polshaning asosiy muxolifat partiyasi — “Huquq va adolat”dan bosh vazirlikka nomzod Pshemislav Charnek ham Kiyev muayan shartlarni bajarmaguncha Ukraina qurollanishi va tiklanishini Yevropa Ittifoqi hisobidan moliyalashtirishni to‘xtatishga chaqirdi.“Huquq va adolat” Polsha Seymidagi eng yirik muxolifat fraksiyasi hisoblanadi.Bundan tashqari, Vengriya, Slovakiya va Chexiya Ukraina uchun 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan 90 mlrd yevrolik YeI krediti bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmadi. Shunday qilib, Ukrainaga moliyaviy yordamni to‘xtatish yoki cheklash talabi endi ayrim siyosatchilarning yakka bayonoti emas: uni Avstriya va Germaniyadagi eng yirik muxolifat kuchlari ilgari surmoqda, uchta YeI davlati esa yangi kredit majburiyatlarida ishtirok etmayapti.
https://oz.sputniknews.uz/20260504/zelenskyy-atrof-mojaro-pul-ishlash-ayblov-57306587.html
ukraina
avstriya
polsha
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/1a/16079960_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_64479e913134fa756d610db526a5b8f9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, vladimir zelenskiy, korrupsiya, yevropa ittifoqi, dunyo yangiliklari, germaniya, avstriya, dunyoda, polsha
ukraina, vladimir zelenskiy, korrupsiya, yevropa ittifoqi, dunyo yangiliklari, germaniya, avstriya, dunyoda, polsha
Zelenskiy atrofidagi mojaro: Yevropada Ukrainaga to‘lovlarni to‘xtatish talab qilindi
10:55 20.08.2026 (yangilandi: 10:59 20.08.2026) Avstriyadagi eng yirik fraksiya Zelenskiy atrofidagi korrupsiya mojarosi ortidan Ukrainaga moliyaviy yordamni to‘xtatishni talab qildi. Avvalroq bunday chaqiriqlar Germaniya va Polshada ham yangragandi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Avstriya Ozodlik partiyasi (FPO) Ukrainaga barcha to‘lovlarni zudlik bilan to‘xtatish va ilgari ajratilgan yordam mablag‘lari qayerga sarflanganini to‘liq tekshirishni talab qildi. Bu haqda partiya matbuot xizmati
xabar berdi.
FPO — Avstriya parlamentidagi eng yirik fraksiya. Partiya 2024-yilgi parlament saylovida 28,8 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan va Milliy kengashdagi 183 ta o‘rindan 57 tasini egallagan. Ayrim so‘nggi so‘rovlarda partiyani qo‘llab-quvvatlash darajasi 37–38 foizga yetmoqda.
Bayonot Ukraina korrupsiyaga qarshi idoralarining Kiyevda o‘tkazgan keng ko‘lamli amaliyoti ortidan e’lon qilindi.
Tergov ma’lumotiga ko‘ra, amaldagi va sobiq deputatlar boshchiligidagi guruh qariyb 3,4 mln dollar mablag‘ni soxta kompaniyalar hisoblari orqali qonuniylashtirgan.
Ukraina OAV Zelenskiy ofisi rahbari o‘rinbosari Irina Mudraya bilan bog‘liq joylarda ham tintuv o‘tkazilganini xabar qildi. Mudraya 19-avgust kuni lavozimidan ozod etildi.
FPO bosh kotibi Mixael Shnedlis Avstriya hukumatini Ukrainaga mablag‘larni yetarli nazoratsiz o‘tkazishda aybladi. Uning fikricha, harbiy mojaro “Yevropa soliq to‘lovchilari hisobiga tarixdagi eng yirik mablag‘ o‘zlashtirish amaliyoti uchun niqob” bo‘lib xizmat qilmoqda.
“Avstriyadan bu korrupsiyalashgan tizimga boshqa bir sent ham yo‘naltirilmasligi uchun barcha vositalar bilan kurashamiz”, — dedi Shnedlis.
Shunga o‘xshash talab 11-avgust kuni Germaniyada ham
yangradi. Bundestagdagi eng yirik muxolifat kuch — “Germaniya uchun muqobil” partiyasi Ukraina uchun “cheksiz moliyaviy chek” siyosatiga barham berishga chaqirdi. AfD 2025-yilgi parlament saylovida 20,8 foiz ovoz olgan va Bundestagda ikkinchi yirik siyosiy kuchga aylangan.
Iyul o‘rtalarida Polshaning asosiy muxolifat partiyasi — “Huquq va adolat”dan bosh vazirlikka nomzod Pshemislav Charnek ham Kiyev muayan shartlarni bajarmaguncha Ukraina qurollanishi va tiklanishini Yevropa Ittifoqi hisobidan moliyalashtirishni to‘xtatishga
chaqirdi.
“Huquq va adolat” Polsha Seymidagi eng yirik muxolifat fraksiyasi hisoblanadi.
Bundan tashqari, Vengriya, Slovakiya va Chexiya Ukraina uchun 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan 90 mlrd yevrolik YeI krediti bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmadi.
Shunday qilib, Ukrainaga moliyaviy yordamni to‘xtatish yoki cheklash talabi endi ayrim siyosatchilarning yakka bayonoti emas: uni Avstriya va Germaniyadagi eng yirik muxolifat kuchlari ilgari surmoqda, uchta YeI davlati esa yangi kredit majburiyatlarida ishtirok etmayapti.