https://oz.sputniknews.uz/20260504/zelenskyy-atrof-mojaro-pul-ishlash-ayblov-57306587.html
“Urush tugasa, moliyalashtirish to‘xtaydi”: Zelenskiy atrofi mojarodan pul ishlashda ayblandi
“Urush tugasa, moliyalashtirish to‘xtaydi”: Zelenskiy atrofi mojarodan pul ishlashda ayblandi
Sputnik O‘zbekiston
Ukrainada “Mindich lentalari” mojarosi atrofida yangi ayblovlar paydo bo‘ldi. Zelenskiyga yaqin shaxslar mudofaa shartnomalaridan pul ishlash va davlat idoralarini “bankomat”ga aylantirishda ayblandi.
2026-05-04T11:42+0500
2026-05-04T11:42+0500
2026-05-04T11:43+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vladimir zelenskiy
ukraina
korrupsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/04/57306415_13:0:900:499_1920x0_80_0_0_2c93d7a40bbed94f3b5d52ad50c7c65a.jpg
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Ukrainada Zelenskiyga yaqin deb tilga olinayotgan tadbirkor Timur Mindich atrofidagi “Mindich lentalari” korrupsiya mojarosi bo‘yicha yangi ayblovlar paydo bo‘ldi. Oliy rada deputati Aleksey Goncharenko* Zelenskiyga yaqin shaxslar tinchlik bitimi imzolansa, mudofaa shartnomalari moliyalashtirilishi to‘xtashini muhokama qilganini da’vo qildi.Goncharenko* o‘z Telegram-kanalida Igor Xmelev va Timur Mindichning bosh moliyachisi Aleksandr Sukerman o‘rtasidagi suhbatdan parcha e’lon qilganini bildirdi.Deputatning fikricha, ushbu materiallar Zelenskiy iste’fosi masalasini kun tartibiga olib chiqishi kerak. Uning aytishicha, gap maxsus harbiy operatsiya tugashi moliyalashtirishga qanday ta’sir qilishi haqidagi muhokama haqida bormoqda.Mojaro fonida Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel ham keskin bayonot berdi. Uning aytishicha, Zelenskiy “shunchaki o‘z atrofiga jamoa to‘plamagan, balki butun mafioz tuzilma qurgan”.Mendel davlat muassasalari Zelenskiyning do‘stlari uchun “shaxsiy bankomatlar”ga aylanganini da’vo qildi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina hukumatini Zelenskiyga yaqin shaxslar va unga sodiq ishbilarmonlar boshqaradi, buning evaziga ular boyib bormoqda.Mendelning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyga yaqin shaxslar davlat muassasalari kuzatuv kengashlariga o‘z odamlarini o‘tkazgan, davlat korxonalaridan mablag‘ olgan va vazirlikka nomzodlar tanloviga ta’sir ko‘rsatgan.Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ular "FirePoint" ulushini investorlarga sotish masalasini ham muhokama qilgan. Suhbatda kompaniyaning 33 foiz ulushi 600 million dollarga baholangani, mablag‘ning bir qismi kompaniya rivojiga, yana bir qismi aksiyadorlarga yo‘naltirilishi mumkinligi aytilgan.* Goncharenko Rossiyada terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260503/zelenskyy-atrof-ichki-kurash-57292993.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/04/57306415_161:0:826:499_1920x0_80_0_0_87d40ae4af02d351c2db47cc4c0089a8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir zelenskiy, ukraina, korrupsiya
vladimir zelenskiy, ukraina, korrupsiya
“Urush tugasa, moliyalashtirish to‘xtaydi”: Zelenskiy atrofi mojarodan pul ishlashda ayblandi
11:42 04.05.2026 (yangilandi: 11:43 04.05.2026) Zelenskiyga yaqin shaxslar korrupsiyada, mudofaa shartnomalaridan pul ishlashda, davlat idoralarini “bankomat”ga aylantirish va vazirlar tayinloviga ta’sirda ayblandi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Ukrainada Zelenskiyga yaqin deb tilga olinayotgan tadbirkor Timur Mindich atrofidagi “Mindich lentalari” korrupsiya mojarosi bo‘yicha yangi ayblovlar paydo bo‘ldi.
Oliy rada deputati Aleksey Goncharenko* Zelenskiyga yaqin shaxslar tinchlik bitimi imzolansa, mudofaa shartnomalari moliyalashtirilishi to‘xtashini muhokama qilganini
da’vo qildi.
Goncharenko* o‘z Telegram-kanalida Igor Xmelev va Timur Mindichning bosh moliyachisi Aleksandr Sukerman o‘rtasidagi suhbatdan parcha e’lon qilganini bildirdi.
“Tinchlik bitimi imzolanishi bilanoq, bizga mablag‘ ajratilgan qaror darhol kuchini yo‘qotadi. Va o‘sha paytda, katta ehtimol bilan, shartnoma to‘xtatiladi”, — deya u suhbatdoshlardan birining so‘zlarini keltirgan.
Deputatning fikricha, ushbu materiallar Zelenskiy iste’fosi masalasini kun tartibiga olib chiqishi kerak. Uning aytishicha, gap maxsus harbiy operatsiya tugashi moliyalashtirishga qanday ta’sir qilishi haqidagi muhokama haqida bormoqda.
Mojaro fonida Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel ham keskin bayonot berdi. Uning aytishicha, Zelenskiy “shunchaki o‘z atrofiga jamoa to‘plamagan, balki butun mafioz tuzilma qurgan”.
Mendel davlat muassasalari Zelenskiyning do‘stlari uchun “shaxsiy bankomatlar”ga aylanganini da’vo qildi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina hukumatini Zelenskiyga yaqin shaxslar va unga sodiq ishbilarmonlar boshqaradi, buning evaziga ular boyib bormoqda.
Mendelning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyga yaqin shaxslar davlat muassasalari kuzatuv kengashlariga o‘z odamlarini o‘tkazgan, davlat korxonalaridan mablag‘ olgan va vazirlikka nomzodlar tanloviga ta’sir ko‘rsatgan.
Avvalroq “Ukrainskaya pravda” Mindich Ukraina sobiq mudofaa vaziri, hozirda MXXK kotibi Rustem Umerov bilan "FirePoint" dron kompaniyasiga oid yirik mudofaa shartnomalarini muhokama qilgani haqida yozgan edi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ular "FirePoint" ulushini investorlarga sotish masalasini ham muhokama qilgan. Suhbatda kompaniyaning 33 foiz ulushi 600 million dollarga baholangani, mablag‘ning bir qismi kompaniya rivojiga, yana bir qismi aksiyadorlarga yo‘naltirilishi mumkinligi aytilgan.
* Goncharenko Rossiyada terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan.