https://oz.sputniknews.uz/20260819/uzbekistan-turist-startap-subsidiya-59809279.html
O‘zbekistonda turistik startaplarga 1 mlrd so‘mgacha subsidiya beriladi
O‘zbekistonda turistik startaplarga 1 mlrd so‘mgacha subsidiya beriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda turistik startaplarni qo‘llab-quvvatlash tartibi tasdiqlandi. Har yili 10 tagacha loyiha xarajatlarining 50 foizi, ammo 1 mlrd so‘mdan oshmagan qismi qoplanadi.
2026-08-19T16:29+0500
2026-08-19T16:29+0500
2026-08-19T16:29+0500
turizm
turizm qo‘mitasi
o‘zbekiston
subsidiya
turizm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0a/59607136_0:208:1448:1023_1920x0_80_0_0_b1cfedc97d231c4f321fad8e88274501.png
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. O‘zbekistonda turistik startaplarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu bo‘yicha ma’muriy reglament Hukumat qarori bilan tasdiqlandi.Yangi tartibga ko‘ra, har yili eng yaxshi 10 tagacha turistik startapga xarajatlarining 50 foizi, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.Loyihalarni maxsus komissiya baholaydi. Bunda startapning muayan turistik xizmatni rivojlantirishga qaratilgani, turistlar uchun dolzarbligi hamda bozorda avval bo‘lmagan yoki sezilarli takomillashtirilgan yechim taklif qilishi hisobga olinadi.Ariza kelib tushganidan keyin 5 ish kuni ichida talabgorga suhbat haqida xabar beriladi. Suhbatdan so‘ng komissiya 10 ish kunida loyihaning belgilangan talablarga mosligini o‘rganadi.Subsidiya ajratish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinsa, Turizm qo‘mitasi mablag‘ni 7 ish kuni ichida talabgorning bank hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260711/ishbilarmonlik-turizm-58971573.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0a/59607136_0:0:1449:1086_1920x0_80_0_0_e40b4709b0c3c3a975787b845e333d2b.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, turizm qo‘mitasi, o‘zbekiston, subsidiya, turizm
turizm, turizm qo‘mitasi, o‘zbekiston, subsidiya, turizm
O‘zbekistonda turistik startaplarga 1 mlrd so‘mgacha subsidiya beriladi
Yangi tartibga ko‘ra, davlat har yili eng yaxshi 10 tagacha turistik startap xarajatlarining 50 foizini qoplab beradi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. O‘zbekistonda turistik startaplarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu bo‘yicha ma’muriy reglament Hukumat qarori bilan
tasdiqlandi.
Yangi tartibga ko‘ra, har yili eng yaxshi 10 tagacha turistik startapga xarajatlarining 50 foizi, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali murojaat qilish mumkin. Arizalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Loyihalarni maxsus komissiya baholaydi. Bunda startapning muayan turistik xizmatni rivojlantirishga qaratilgani, turistlar uchun dolzarbligi hamda bozorda avval bo‘lmagan yoki sezilarli takomillashtirilgan yechim taklif qilishi hisobga olinadi.
Ariza kelib tushganidan keyin 5 ish kuni ichida talabgorga suhbat haqida xabar beriladi. Suhbatdan so‘ng komissiya 10 ish kunida loyihaning belgilangan talablarga mosligini o‘rganadi.
Subsidiya ajratish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinsa, Turizm qo‘mitasi mablag‘ni 7 ish kuni ichida talabgorning bank hisobvarag‘iga o‘tkazadi.