https://oz.sputniknews.uz/20260711/ishbilarmonlik-turizm-58971573.html
Ishbilarmonlik turizm tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga QQSning yarmi qaytariladi
Ishbilarmonlik turizm tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga QQSning yarmi qaytariladi
Sputnik O‘zbekiston
Buning uchun tadbirkorlik subyekti tadbir yakunlangan kundan e’tiboran 3 oydan kechiktirmasdan Turizm qo‘mitasiga murojaat qiladi. 11.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-11T10:37+0500
2026-07-11T10:37+0500
2026-07-11T10:37+0500
iqtisod
turizm
o‘zbekiston
qqs
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1d/58676902_0:52:1500:896_1920x0_80_0_0_1f2cc8e2015a16fd7164b6c3a3ba7b9d.jpg
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda MICE (ishbilarmonlik) turizm tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga amalda to‘langan QQSning 50 foizi qaytariladi. Bu hukumat qarori bilan tasdiqlangan tegishli nizomda ko‘zda tutilgan.Buning uchun tadbirkor tadbir yakunlanganidan so‘ng 3 oy ichida Milliy turizm yagona platformasi orqali Turizm qo‘mitasiga murojaat qilishi kerak.Arizaga tadbir dasturi, xarajatlar smetasi, elektron hisob-fakturalar, onlayn kassa cheklari, bank to‘lov hujjatlari hamda xorijiy ishtirokchilar ro‘yxati va ularning O‘zbekistonga kirib-chiqish ma’lumotlari ilova qilinadi.Turizm qo‘mitasi hujjatlarni 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Agar keyinchalik aniqlashtirilgan soliq hisobotlari sabab qaytarilishi kerak bo‘lgan summa o‘zgarsa, ortiqcha to‘langan mablag‘ qonunchilikda belgilangan tartibda budjetga qaytariladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260710/filmlar-ozbekiston-58946334.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1d/58676902_0:0:1333:1000_1920x0_80_0_0_26d367b7d4507f8a1f06ba583f0561b0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, turizm, o‘zbekiston, qqs, tadbirkor
iqtisod, turizm, o‘zbekiston, qqs, tadbirkor
Ishbilarmonlik turizm tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga QQSning yarmi qaytariladi
Buning uchun tadbirkorlik subyekti tadbir yakunlangan kundan e’tiboran 3 oydan kechiktirmasdan Turizm qo‘mitasiga murojaat qiladi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda MICE (ishbilarmonlik) turizm tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga amalda to‘langan QQSning 50 foizi qaytariladi. Bu hukumat qarori bilan tasdiqlangan tegishli nizomda
ko‘zda tutilgan. Buning uchun tadbirkor tadbir yakunlanganidan so‘ng 3 oy ichida Milliy turizm yagona platformasi orqali Turizm qo‘mitasiga murojaat qilishi kerak.
Arizaga tadbir dasturi, xarajatlar smetasi, elektron hisob-fakturalar, onlayn kassa cheklari, bank to‘lov hujjatlari hamda xorijiy ishtirokchilar ro‘yxati va ularning O‘zbekistonga kirib-chiqish ma’lumotlari ilova qilinadi.
Turizm qo‘mitasi hujjatlarni 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Agar keyinchalik aniqlashtirilgan soliq hisobotlari sabab qaytarilishi kerak bo‘lgan summa o‘zgarsa, ortiqcha to‘langan mablag‘ qonunchilikda belgilangan tartibda budjetga qaytariladi.